Ilmiy-ommabop matnga namuna yozib tahlil qiling.
Ilmiy-ommabop (shuningdek, non-fantastik deb yoziladi) — bu mavzu boʻyicha real hayotdagi aniq maʼlumotni beradigan har qanday hujjat yoki media kontentdir. U real hayot haqidagi faktlar yoki fikrlarni yetkazish uchun yoziladi.[1] Ilmiy-ommabop kontentlar obyektiv yoki subyektiv ravishda taqdim etilishi mumkin. Ilmiy-ommabop adabiyot narrativ hikoya yozishning asosiy boʻlimlaridan biri (xususan, nasriy)[2] - badiiy adabiyotdan farqli oʻlaroq, bunda xayoliy personaj va voqealar aytarli boʻlmaydi, lekin baʼzida uning voqelikda noaniq koʻrinishda tavsiflanishi mumkin.[1][3]
Ilmiy-ommabop asardagi oʻziga xos talablar notoʻgʻri boʻlishi mumkin boʻlsa-da, odatda muallif tarixiy yoki empirik faktlar haqida maʼlumot bera turib, oʻqituvchiga voqelikni toʻlaqonligicha koʻrsatishni maqsad qiladi. Boshqalarning ishongan narsalari toʻgʻrisida ilmiy-ommabop formatda asar yaratish - bu barcha aytib oʻtilgan narsalarning toʻgʻriligini tasdiqlash emas, balki mavzuni toʻliq ifodalash uchun urinish. Audio yoki videoda mavzu boʻyicha asosli maʼlumotlarni taqdim etish imkoniyati paydo boʻlgandan beri, ilmiy-ommabop asarlar faqat yozma matn bilan cheklanmay qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |