Terminlarga xos xususiyatlarni sanang. Termin


Download 20.43 Kb.
bet1/3
Sana22.06.2023
Hajmi20.43 Kb.
#1649906
  1   2   3
Bog'liq
ona tili 5


Savollarga javob bering.

  1. Terminlarga xos xususiyatlarni sanang.

Termin (lotincha: terminus — „chegara“, „had“) — bilim yoki faoliyatning maxsus sohasiga doir tushunchani ifodalovchi soʻz yoki soʻz birikmasi. Termin umumxalq tshtiga muayyan terminologik tizim orqali oʻtadi, binobarin, termin va umumisteʼmoldagi soʻzlar bir-birini toʻldiradigan leksik birliklardir. Sistem xarakterga egalik, oʻz terminologik maydonida bir maʼnolilikka moyillik, histuygʻuni ifodalamaslik, uslubiy betaraflik kabilar terminga xos xususiyatlardir. Biologiya, matematika, tilshunoslikda qoʻllanadigan „funksiya“ soʻzini koʻp maʼnoli termin sifatida emas, balki terminologik omonimlar, sohalararo sodir boʻlib turadigan reterminologik jarayon (bir soha termin ining ikkinchi soha termini sifatida qoʻllanishi) hosilasi tarzida qaralmogʻi lozim. Umumxalq leksikasiga doir qonuniyatlar termin hosil qilishda ham kuzatiladi. Soʻz bilan termin ning umumiy va xususiy tomonlari yetarli darajada ochib berilgan emas; kundalik turmushda keng isteʼmolda boʻlgan soʻzlar ayni paytda turli sohalarga doir terminlar hamdir. Masalan, quloq, burun, tomoq — anatomiya va tibbiyot; gilam, sholcha, palos — gilamdoʻzlik; kitob, ruchka, daftar — pedagogik soha terminlari boʻlish bilan birga umumxalq tilida faol qoʻllanadi.
Hozirgi kunda „termin“ soʻzi bilan bir qatorda „atama“, „istiloh“ soʻzlari ham ayni maʼnoda qoʻllanmoqda. Pekin ular „termin“ soʻzining hozirgi maʼnosini toʻliq ifoda eta olmaydi. „Atama“ soʻzi keng maʼnoda boʻlib, geografik obyektlar, atokli nomlarga nisbatan qoʻllanadi. „Istiloh“ soʻzini esa termin maʼnosida tarixiy mavzulardagi matnlar (mas., adabiyot tarixi, Sharq falsafasi va boshqalar)da bemalol qoʻllash mumkin.



  1. Atamalar qaysi mezonlar bo`yicha tasnif qilinadi?

Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, ma’lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina qo’llaniladigan va asosan o’sha soha kishilari tushunadigan maxsus so’zlar terminlar – atamalar sifatida qaraladi.
“Hozirgacha termin tushunchasi tilshunoslikda turlicha talqin qilinmoqda – deb qayd etishadi. “O’zbek tili leksikologiyasi” asarining mualliflari. – Ba’zi tilshunoslar terminga ilm va texnikaga oid so’z va iboralarnigina emas, barcha uy-ro’zg’or asboblari nomlarini, ishlab chiqarishning hozirgi darajasidagi qurollarnigina emas, balki o’tmishdagi ibtidoiy qurollarning barcha nomlarini, shuningdek, kustarchilik kasb-hunarga oid so’zlarni ham kiritadilar.
Agar masala shu taxlitda qo’yiladigan bo’lsa, har bir konkret predmet nomini termin deb atash lozim bo’lar edi. Gap terminnning aniq bir ma’noni ifodalashida emas, bu jihatdan qaraladigan bo’lsa, kasb-hunar leksikasining ilmiy-texnikaviy terminlardan deyarli farqi yo’q, termin har qanday tushunchaning aniq atamasi sifatidagina emas, balki ilmiy tushunchani ifodalovchi vosita sifatida asosan yozma shaklda maydonga keladi”.
Demak, “atama” so’zini “termin” tushunchasi ma’nosida qo’llaganimizda, uni umuman narsa-predmetlar, voqea-hodisalarning nomi sifatida emas, balki aniq bir ilmiy tushunchani ifodalaydigan va ma’lum bir fan sohasiga tegishli bo’lgan birliklarni anglashimiz lozim.
Shu ma’noda kasb-hunarga oid so’zlar atamalardan farqlanadi. Bu haqda quyiroqda to’xtalamiz.
O’zbek tilshunosligida atamalarni o’rganishga doir ko’pgina ishlar amalgam oshirilgan. Ko’plab ilmiy kitoblar, risolalar, lug’atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar yozilgan, dissertatsiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq lug’atlarning nashr etilishi fanimizning katta yutug’I hisoblanadi. O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, “Lotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosiga o’tish to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar qo’mitasi olib borayotgan yirik hajmdagi ishlar atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga ko’tarilishiga sabab bo’ldi.
Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. To’nyuquq, Kultegin, Bilga hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg’ul bo’lgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz. Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo’shiqlarida ham mavjud bo’lgan.




  1. Download 20.43 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling