Termitlarning hayot kechirishi Reja: Kirish I. Asosiy qism


Download 30.83 Kb.
bet4/4
Sana25.02.2023
Hajmi30.83 Kb.
#1231842
1   2   3   4
Bog'liq
Termitlarning hayot kechirishi

II. Xulosa
Termitlar ma’lum bir o‘simlik turlari bilan oziqlanishiga qarab bir qancha ekologik guruhlarga ajratilgan. Shunga ko‘ra ular quruq yog‘och (Kalotermitidae), yoki xo‘l yog‘och bilan oziqlanuvchi termitlar (Rhinotermitidae), gumusxo‘r termitlar (Termitidae) va o‘roqchilar (Hodotermitidae) turlariga ajratiladi. Ayrim termit turlari inlariga ovqat zahirasi yig‘ish o‘rniga, uyadagi maxsus kameralarda zamburug‘lar o‘stiradi.
Chunki zamburug‘lar oqsil, uglevod va vitaminlarga boy bo‘lib, termitlar uchun qo‘shimcha ozuqa mahsuloti sifatida muhim ahamiyatga ega. "Zamburug‘ bog‘lari" o‘stiruvchi tropik termitlar bilan (Macrotermitinae kenja oilasiga mansub) Termitomyces va Xilaria zamburug‘lar avlodlari orasida mustahkam simbiotik aloqalar hosil bo‘lgan. Bu zamburug‘lar termitlar tomonidan yig‘ilgan va maxsus ishlov berilgan o‘simlik qoldiqdarida o‘sadi va yuqori sifatli ovqat massasiga aylantiriladi.
Ularning mitseliya va konidiyalaridan termit lichinkalari ozuqa sifatida foydalanadi. Boshqa turdagi termitlar "Zamburug‘ bog‘lari" o‘stirmasada, ammo ular (Anacanthotermes ahngerianus) uyasidagi chirindi yoki termit (Kalotermes flavicollis) so‘lagi bilan ishlov berilib ishqalangan maxsus yog‘ochda zamburug‘lar o‘sishi mumkin. Natijada zamburug‘ mitseliyalari lichinkalar tomonidan bajonidil iste’mol qilinadi.
Turli termitlar uyasi va chirindilaridan 50 ga yaqin zamburug‘ turlari ajratib olingan. Termitlar ayniqsa yog‘ochni yemiradigan zamburug‘lar bilan ko‘proq oziqlanadi. Chirigan yog‘och bilan oziqlanganda termitlarning ovqat hazm qilish 10 koefitsenti sezilarli ravishda o‘zgaradi, ular oilasidagi individlar soni tez oshib qo‘shimcha jinsiy indvidlar tez hosil bo‘ladi. Termitlar oziqa bilan bir qatorda katta miqdordagi turli bakteriyalarni ham yutadi. Bu bakteriyalarning aerob shaklidagilari hasharot oshqozonida nobud bo‘ladi va o‘zlashtiriladi.

III. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Муродов С.А Умумий энтомология курси. Тошкент, Меҳнат, 1986й., 272 бет.
2. Dadayev S.D., Dadayeva G.S. Umumiy entomologiya fanidan o`quv-uslubiy qo‘llanma. Guliston. 2013 y., 121 bet.
3. Олимжонов Р.О.. Энтомология. Тошкент, ―Ўқитувчи‖ 1977й., 276 бет.
4. Mavlonov О., Xurramov Sh., Eshova X. Umurtqasizlar zoologiyasi. Oliy o'quv yurtlari biologiya ixtisosligi bakalavr bosqichi talabalari uchun darslik.
5. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti.Toshkent. 2006., 464 bet.
Qo’shimcha adabiyotlar:
1. Бей-Биенко Т.Я. Общая энтомология. Изд.2. Изд.3. М.: Высшая школа, 1966 г., 496 сез.
2. Дадаев С. Фойдали ҳашаротлар. Тошкент. «Низомий номидаги ТДПУ» 2002й., 130 бет
3. Dadayev S.D., Dadayeva G.S. Umurtqasizlar zoologiyasidan o‗quv – uslubiy majmua. Guliston. 213 y., 476 bet.
4. Дадаев С.Д. Ўзбекистонда бошоқли дон экинларига зарар келтирувчи ҳашаротлар ва уларга қарши кураш чоралари. Ўқув-услубий қўлланма. Гулистон, 2011й., 132 бет.
5. Дубовский Г.П., Умматов А.М. Умуртқасизлар зоологияси. Ўқув қўлланма. Тошкент. 1996й.,248 бет.
6. Moисеев В.A., Дaвлетшина A.Г. Ўзбекистон ҳашаротлар дунёси. Тошкент. ―Ўқитувчи‖, 1997 й., 144 бет.
Download 30.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling