Termiz – 2023 yil Kirish I bob
,, O’lkamizda bahor ‘’ mavzusida manzara kompozitsiyasi ishlash jarayonida o’quvchilarning estitik ruhda tarbiyalash
Download 231.97 Kb.
|
BAHOR
1.2. . ,, O’lkamizda bahor ‘’ mavzusida manzara kompozitsiyasi ishlash jarayonida o’quvchilarning estitik ruhda tarbiyalash
Boysuntogʻ — Hisor togʻ tizmasining eng uzun janubi-gʻarbiy tarmogʻi. Surxondaryo viloyatining asosan Boysun, qisman Sariosiyo tumanlari hududida joylashgan. Shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga 150 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi — 4425 m (Xoʻjapiryox togʻi). Boysuntogʻning ayrim qismlari turli nomda ataladi: (shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga) Qushtang (3723 m), Ketmonchopti, Sarimas (1886 m), Suvsiztogʻ (2124 m). Urtacha balandligi 2500–3000 m. Boysuntogʻ tizmalari Sheroboddaryo bilan Surxondaryoning suvayirgʻichi. Boysuntogʻda 3000 m dan baland dovonlar (Belovti — 3712 m, Gaza — 3018 m) bor. Boysuntogʻ gersin va alp orogenezlari davrida burmalangan. Asosan paleozoy erasi granit, granodiorit, gneys, slanes jinslaridan tarkib topgan. Yon bagʻirlari soy oʻzanlari bilan parchalangan, denudatsiya tektonik shakllari kup tarqalgan. Karst hodisasi rivojlangan. B.ning janubi-sharqiy yon bagʻrilari tik va kambar, shimoli-gʻarbi esa qiya. Jan.sharqiy yon bagʻrining iklimi ancha yumshoq (3000 m gacha) va sernam. Dengiz sathidan 1200–1500 m balandlikda yezda temperatura 25°, qishda 0°, 2500–3000 m balandlikda esa yezda 17°, qishda — 6°. 750–1800 m balandlikda minimal temperatura —17°, 1800–2800 m balandlikda — 17° dan —25° gacha. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori Boysunda 445 mm, 2000 m balandlikda 800 mm. B.dan kup sersuv dare va soylar boshlanadi (Machaydaryo, Qayroqsoy, Xoʻjaipok, Boysunsoy, Shotutsoy, Palgʻar va boshqalar). Boʻz tuproq, qoʻngʻir, qoraqoʻngʻir togʻ oʻrmon, ochqoʻngʻir oʻtloqidasht, ochqoʻngʻir baland togʻ tuproqlarida togʻdasht, archazorsiyrak daraxtli oʻrmon, oʻrmon, oʻtloqdashtyaylov oʻsimliklari oʻsadi. Boysuntogʻ dorivor, efir moyli, mevali daraxtlar, yem-xashak va boshqa maqsadlarda foydalaniladigan oʻsimliklarga boy. Antropogen taʼsir oqibatida oʻsimlik qoplamlari maydoni qisqarib, turlarning zaxiralari kamaymoqda. Boysuntogʻda yovvoyi hayvonlar ham koʻp. Togʻdan asosan yaylov sifatida foydalaniladi. Lalmi va sugʻorma dehqonchilik, bogʻdorchilik rivojlangan. B.da tuproq eroziyasi, yaylov degressiyasi, togʻ landshaftlari degradatsiyasi (yemirilishi), tabiiy ofat hodisalari (sel, oʻpirilish, koʻchki), sodir boʻlishi keng tarqalgan. B.da 60 mln. yil ilgari yashab oʻtgan dinozavr izlari topilgan. Download 231.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling