Termiz-2022 Bank inqirozlari I. Kirish. II. Asosiy qism


Download 1.01 Mb.
bet1/15
Sana07.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1172460
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Bank inqirozlari


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IKKINCHI OLIY TA’LIM IQTISODIYOT
(TARMOQLAR VA SOHALAR BO`YICHA)
YO`NALISHI 318-GURUH TALABASI


NORMATOV XUMOYUNNIG
“PUL VA BANKLAR” FANIDAN

MUSTAQIL ISHI

TERMIZ-2022
Bank inqirozlari


I. Kirish.
II. Asosiy qism.
2.1. Bank inqirozining mohiyati.
2.2. Bank inqirozini belgilovchi mezonlar.
2.3.Rivojlanayotgan davlatlarda bank inqirozi.
III. Xulosa.
IV. Nazorat savollari va testlar.
V. Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish.
“Inqiroz”1 tushunchasi biznes sikli konsepsiyasining komponenti bo‘lib, dastavval ortiqcha ishlab chiqarish va kapitalning ortiqcha jamlanishi bilan tavsiflangan. Keyingi davrlarda sanoat ishlab chiqarishdagi pasayish mavjud mablag‘laridan mahrum bo‘lgan ishsizlar sonining ortishi bilan birga kechdi. Ayni paytda qishloq xo‘jaligidan iqtisodiy faol aholining intensiv chiqib ketishi kuzatildi, biroq bu aholining ma’lum qismi shaharlarda qandaydir ish bilan band bo‘lishi mumkin edi. Bundan tashqari, sanoat ishlab chiqarishning pasayishi xom ashyo va issiqlik resurslariga nisbatan talab va bahoning tushishi bilan namoyon bo‘ldi (oddiy akselerasion bog‘liqlik).
Iqtisodiy inqiroz2 - tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatning buzilish holatidir. Iqtisodiy inqirozning oqibatlari sifatida real yalpi milliy mahsulotning kamayishi, ommaviy bankrotlik va ishsizlik, aholi turmush tarzining pasayishi kabilarni keltirish mumkin.
Moliyaviy inqiroz3 - Moliyaviy inqiroz ma’lum bir moliyaviy instrumentning qiymati kutilmaganda keskin pasayishi, shuningdek, pulning yetishmasligi holatini ifodalashda qo‘llaniladigan tushunchadir. Bundan tashqari, mazkur tushuncha moliya bozorida, xususan, fond bozorida moliyaviy aktivlar bahosining noxolis shakllanishi natijasida yuzaga kelgan «sovun ko‘piklari»ning «yorilishi» holatini ifodalashda ham qo‘llaniladi.
Moliyaviy inqiroz bu davlat moliya mexanizmining tizimli buzilishi bo‘lib, bunda inflyasiya ko‘rsatkichining sezilarli darajada o‘sishi, qimmatli qog‘ozlar bahosining beqarorligi, byudjet daromadlarining uning xarajatlariga nisbatan keskin nomuvofiqligi, milliy pul birligi almashuv kursining beqarorligi va pasayishi, iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasida to‘lovsizlik muammosining kuchayishi, kapitalning mamlakatdan tez sur’atlarda chiqib ketishi, muomaladagi pul massasining pul muomalasi qonuni talablariga mos kelmasligi kabilar kuzatiladi.
Moliyaviy inqiroz fond bozori hajmining 20 % dan ortiq kamayishi, banklararo kredit bozorida foiz stavkalarining ikki marta oshishi, milliy valyuta kursining 10 % dan ortiq pasayishi holatidir.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling