Termiz davlat pedagogika institute Boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs 22-11-gurux talabasi Qobulova Xosiyat
Download 11.16 Kb.
|
Ona tili va o\'qish savodxonligida so\'z turkumlari muammosi. —
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o’rganiladi
- Adabiyotlar
Otlarning turlanishi. Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik otlarning gapda boshqa so’zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni o’rgatishda o’quvchilarning gapda so’zlarning bog’lanishini bilishlari nazarda tutiladi. Kelishiklar ustida ishlashni o’quvchilar gapda ma’no va grammatik tomondan bog’langan so’zlarni (so’z birikmalarini) ajratishga o’rganganlaridan so’ng boshlanadi. Kelishiklar ustida ishlash gapda so’zlarning bog’lanishi ustida ishlash hamdir. Kelishiklarni bilish uchun o’quvchi ot gapda qaysi so’z bilan bog’langanini aniq bilishi kerak. Ot gapda boshqa so’zlar bilan bog’langanda qo’shimchalar bilan o’zgarishi ancha oldindan kuzatib boriladi. Aslida o’quvchilar 1-sinfdayoq, so’z shakllarining o’zgarishi bilan amaliy tanishadilar, ammo ular so’z shakli nimaligini hali bilmaydilar. O’quvchilar keyingi sinfda shakl yasovchi (so’z o’zgartuvchi) qo’shimchalar bilan tanishadilar, bu qo’shimchalar gapda so’zlarni bog’lash uchun xizmat qilishini tushunadilar.
4-sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning kelishik shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo’shimchalarini to’g’ri yozishga o’rgatish hisoblanadi. Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o’rganiladi:1) otlarning kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish; 2) ko’plikdagi otlarning turlanishini o’rgatish; 3) har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o’rganish va u bilan bog’liq holda kelishik qo’shimchalarining yozilishi haqida ko’nikma hosil qilish. Sifatni o’rganish metodikasi Sifatni o’rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomondan izchillik bilan boyitib, murakkablashtirib borishni ko’zda tutadi. O’quvchilar I va II sinfda sifatning leksik ma’nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa? so’rog’ini berishga o’rganadilar; III sinfda sifat so’z turkumi sifatida o’rganiladi; IV sinfda ilgari o’rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog’liq holda qip-qizil, yam-yashil kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o’rgatiladi. Ona tili va o’qish darslarida o’quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma’lum bo’lgan sifatlarning ma’nosiga aniqlik kiritiladi. Adabiyotlar:
Download 11.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling