TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA'LIM FAKULTETI
SHOBERDEYEVA SITORANING
IFODALI O'QISH FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Termiz 2023 – yil
PAUZA VA UNING TURLARI. TEMP VA RITM HAQIDA MA’LUMOTLAR
REJA:
Urg‘u va uning ifodali o‘qishdagi ahamiyati.
Pauza va uning turlari.
Intonatsiya.
Temp va ritm
Bog’lama
Urg‘u
Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar tarkibidagi biror bo‘g‘in yoki gap tarkibidagi biror so‘z talaffuzda ajratilib, urg‘u berib, zarb bilan aytiladi. Bu hol odatda ovozning ko‘tarilishi, cho‘ziqlikning ortishi yoki intonatsion taktning kuchayishi kabi fonetik vositalar bilan ifodalanadi. Bo‘g‘in yoki so‘zning biror fonetik vosita orqali ajratilib, zarb bilan aytilishiga urg‘u deb ataladi. Urg‘u, asosan, ikki va undan ortiq bo‘g‘inli so‘zlar tarkibidagi biror bir bo‘g‘in yoki gaplar tarkibidagi biror bir so‘zga tushadi. Bir bo‘g‘inli so‘zlar tarkibida bitta unli bo‘lganligi sababli urg‘uning darajasini belgilab bo‘lmaydi. Chunki bunday so‘zlarda unli faqat bitta bo‘lib, shu unlining qanday zarb bilan aytilishini belgilash uchun qiyoslab ko‘riladigan boshqa unli qatnashmaydi. Shu sababli bir bo‘g‘inli so‘zlarda urg‘u unchalik ahamiyat kasb etmaydi. Ammo bir bo‘g‘inli so‘zlarga affiks qo‘shilib, u ko‘p bo‘g‘inli so‘zga aylantirilsa, so‘z tarkibida unlining miqdori oshadi va ularni bir-biriga taqqoslab ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi. Buning natijasida, qaysi bo‘g‘indagi unlining balandroq ohang bilan aytilayotganini, ya’ni urg‘u so‘zning qaysi bo‘g‘iniga tushayotganini aniqlash mumkin bo‘ladi. I. So‘z urg'usi tushgan bo‘g‘indagi unli shu so‘zning boshqa bo‘g‘inlaridagi unli tovushlarga qaraganda kuchliroq va cho‘ziqroq talaffiiz etiladi.
II. «Sintagma urg'usi – nutq oqimining ma'no jihatdan muhim bo‘lgan qismini (sintagmani) alohida ta’kidlash, ajratish uchun qo‘llanilgan urg‘u. Sintagmani aniqlash mezoni ikkitadir: a) semantik mezon; b) sintaktik mezon.
III. «Ayiruv uvg'usi – gag bo'laklaridan birini alohida ta'kidlash uchun yoki so‘zlovchining his-hayajoni, voqelikka munosabatini maxsus ifodalash maqsadida qo'llanadigan urg‘u. U ikki turga bo'linadi: logik urg‘u (mantiq urg‘usi) va emfatik urg‘u».
1. Logik urg'u lingvistik adabiyotlarda ba'zan gap urg'usi, mantiq urg‘usi, mantiqiy urg‘u, ma’no urg‘usi nomlari bilan ham yuritiladi.
II. Emfatik urg'u (emotsional urg'u). «Urg'uning bu turi ham biror gap bo‘lagini alohida ta’kidlashga asoslanadi, ammo logik urg‘uda bo‘lakning (so‘zning) ma’no tomoni ta’kidlansa, emfatik urg‘uda shu ma’no bilan birga so‘zlovchining his-hayajoni, voqelikka bo‘lgan sub’ektiv munosabatini ifodalash ham maqsad qilinadi: bu urg‘u gapdagi so‘zning ta’sirchanligini kuchaytirishga xizmat qiladi».
Do'stlaringiz bilan baham: |