Termiz davlat pedagogika instituti (sirtqi ta’lim) boshlang’ich ta’lim 20-06 guruh talabasi Jabborova Dilafruzning “boshlang’ich ta’limda bolalar adabiyoti ” fanidan tayyorlagan Taqdimot Ishi
Download 0.74 Mb.
|
BOLALAR ADABIYOTI
Termiz davlat pedagogika instituti (sirtqi ta’lim) boshlang’ich ta’lim 20-06 guruh talabasi Jabborova Dilafruzning “BOSHLANG’ICH TA’LIMDA BOLALAR ADABIYOTI ” fanidan tayyorlagan Taqdimot IshiMAVZU: BOLALAR ADABIYOTI FANINING MAQSAD VA VAZIFALARIXalqda “adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga e’tibor” deyiladigan juda katta ta’lim-tarbiya o’zida jamlangan umumlashma bor. Bu umumlashmada adabiyotdan xabardor bo’lgan bolaning ilmi, odobi, yurish-turushi, muomalasi, ota-ona va vatanga mehr-muhabbati risoladagidek bo’lishi masalasi ilgari suruladi. Barchamizga malumki, bolalar adabiyoti so’z san’ait va tarbiya vositasidir. Kichkintoylar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos, kitobxonlar qalbida o’y-fikrlar uyg’otadigan, yorqin obrazlarga boy, yuksak g’oyalarga, ulkan va porloq ishlarga ilhomlantiradigan bo’lishi zarur. Eng muhimi, mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda ifodalanishi kerak. Bolalar adabiyoti yoshlarni imon-e’tiqodli va ona-Vatanga muhabbatli qilib tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir ko’rsatib, anashu yuksak talablarga javob bera oladi. Demak, bunday kitoblar pedagogik va psixologik nuqtaiy nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiy tilga suyunadi. Adabiy asarningtili uning g’oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining mahsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi. Bolalar yozuvchilarning eng yaxshi kitoblari yosh avlodni hayotga to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi, ona diyorimizga, ehnatga muhabbat, zamonamizga sadoqat ruhida tarbiyalaydi, ularni yurtimizning munosif farandlari bo’lishga chaqiradi.Kitob bolani dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi, harakterini tarbiyalaydi, ilm fanga muhabbatini oshiradi.Kitob xalqimizning o’tmishi, ilg’or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr-iftixor tuyg’ularini o’stiradi. Adabiyotga, kitobga muhabbat qo‘yishning o‘zida hikmat bor. Avvalo, kitob hayotda odamga katta yo‘lni topib olishga ko‘maklashadi. Yaxshi bilan yomonni ajratish, milliy qadriyat- larimiz — ajdodlarimiz qoldirgan boy meroslarga hurmat hissini uyg‘otib, yoshlarning ongini yuksaltirishga yo‘l ochadi. Mana shunday buyuk maqsadni ado etadigan bolalar adabiyotimizning paydo bo‘lishida xalq og‘zaki ijodining ta’siri kuchli bo‘ldi. Shuningdek, bolalar adabiyoti taraqqiyoti jamiyatning umumiy rivoji bilan ham uzviy bog‘liqdir. Bu jihatdan Mahmud Koshg‘ariyning „Devoni lug‘otit turk“ asarini eslash o‘rinli. XI asrning buyuk tilshunos olimi o‘z kitobiga juda ko‘p ma’lumotlarni jamlagan. Kitobda XI asr adabiyoti bilan birga, avvalgi zamonlarda paydo bo‘lib, og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga ko‘chib yurgan maqollar, rivoyatlar, qo‘shiq va lirik she’rlardan namunalar keltirilgan. Ayniqsa, mehnat, qahramonlik, marosim, mavsum qo‘shiqlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi. Ma’rifatparvarlikni bayroq qilib ko‘targan Abdulla Avloniy, Behbudiy, Hamza, Fitrat, Munavvarqorilar tomonidan yozilgan darslik va qo‘llanmalarda bolalar hayoti, o‘qishi, axloq- odobi haqida materiallar beriladi. O‘zbekxalqiningulug‘ ma’rifatparvari, mutafakkirivabuyukshoiriAlisherNavoiyijodidayoshlartarbiyasigabag‘ishlangansahifalarnihoyatdako‘p. Ubolalarniilm-hunaregallashga, mehnatnisevishgaundaydi, builmvahunarnixalq, vatanmanfaatlariyo‘lidasarfqilishzarurliginialohidauqtiradi. Navoiyning fikricha, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil o‘qish-o‘rganish kerak: „Yoshligingda yig‘ ilmning mahzanin, qarigan chog‘da sarf qilg‘il ani“ — shoir- ning shiori ana shunday. U yoshligidan o‘qishga beriladi. Bolaligidanoq ko‘p she’rlarni yodlaydi. Jumladan, Farididdin Attorning „Mantiq ut-tayr“ („Qush nutqi“) asarini qayta- qayta o‘qib, yod oladi. Alisher Navoiy davlatda yuqori mar- tabaga erishgach, maktab va maorif ishlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berdi. U bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish va madrasalar qurishda g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi. Alisher Navoiy Astrobodda surgunda yurganida do‘sti, podshoh Husayn Boyqaroga yozgan xatida o‘g‘il va qiz bolalar uchun maktablar ochishni talab qiladi. Shaxsan o‘zi madrasalar qurishda tashabbus ko‘rsatgani buning yaqqol dalilidir. Navoiyning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, bolalarni bilimli qiladi. U o‘zining „Ixlosiya“ madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun zarur sharoit yaratadi. Buning uchun o‘z hisobidan lozim bo‘lgan mablag‘ni ajratadi. Navoiy o‘qituvchini quyoshga o‘xshatadi. Quyosh o‘z atrofidagi yulduzlarga nur sochganidek, mudarris „abjalxonalar“ni yoritadi, hali ilmdan bexabar bo‘lgan toliblarni ilm nuridan bahramand etib, ma’rifat beradi, deydi. Alisher Navoiy ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlarini badiiy asarlarida komil insonlar sifatida tasvirlangan ijobiy obrazlari orqali bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, ilm-fanning xislati, qudratiga juda katta baho beradi. Bu davr bolalar kitobxonligi, asosan, otaonalar, buvi-bobolar, mahalla ertakchilari-yu tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Hali o’qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan bexabar bo’ladilar. Hatto oila a’zolari, uy hayvonlari, parranda-yu dovdaraxtlargacha notanish bo’ladi. Kattalar o’qib, aytib, hikoya qilib beradigan asarlar bu davr bolalari uchun muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bu davr bolalarga o’qib beriladigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo’lishi zarur Maktabgacha yoshdagi bolalar, asosan, tarbiyachilari, ota-onalari yordamida badiiy asarlar bilan tanishsalar, boshlang’ich sinf o’quvchilari bu ishni mustaqil bajaradilar. Mustaqillik ularga ishonch va zavq-shavq bag’ishlaydi. Bu yoshdagi bolalarni tevarak-atrofdagi turli voqea-hodisalar nihoyatda qiziqtiradi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling