15-Mavzu. Salomatlik ko‘rsatkichlarining umumiy tavsifi
Salomatlik ko‘rsatkichlari. Salomatlik va ish qobiliyati. Aqliy mehnatning xususiyatlari. Xulq-atvorga ta’sir etuvchi moddalar. Zararli odatlar va ularni oldini olish. Alkogol va ijtimoiy muhit. Chekish va o‘sayotgan avlod. Kofeinning zarari. Muntazam tibbiy vositalarini qo‘llash xavfi.
III. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash.
Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishini indekslar va koeffisiyentlar metodi yordamida baholash.
Biologik yoshni aniqlash.
Bosh miyaning rivojlanishi. Bolada reflektor reaksiyalarning rivojlanishini baholash.
Bolada xotiraning yetakchi turini aniqlash. Diqqat barqarorligini aniqlash.
Aqliy ish qobiliyatini aniqlash.
Rangli ko‘rish darajasini aniqlash. Ko‘z o‘tkirligini aniqlash.
Ta’m bilish va hid bilish analizatorlarining o‘zaro hamkorligi.
Kerdo vegetativ indeksini hisoblash.
Yurak-qon tomir tizimining dozalangan jismoniy yuklamaga reaksiyasi
Jismoniy ish qobiliyatini kislorodni maksimal iste’moli ko‘rsatkichi bo‘yicha baholash.
Bolaning yoshiga qarab ovqat rasionini tuzish va gigiyenik baholash.
Alkogol, tamaki, zaharli moddalarning odam organizmiga ta’siri.
Sinf xonasi (auditoriya)ga gigiyenik baho berish.
O‘quvchilarni yoshiga qarab dars jadvalini tuzish va uni tahlilini qilish.
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan topshiriqlar:
Bolalarning jismoniy va aqliy shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta’siri.
Rivojlanishdagi kritik davrlar.
Muskullar faoliyati va bolaning jismoniy imkoniyatlari.
Bolalarda ikkinchi signal tizimining rivojiga ta’sir etuvchi omillar.
Bolalardagi hissiyotlar xususiyatlari.
Diqqatning neyrofiziologik xususiyatlari va ontogenezda o‘zgarishi.
Bolalarda emosional stresslarni oldini olish usullari.
Endemik buqoqning kelib chiqish shart-sharoitlari va muhitga bog‘liqligi.
Individual rivojlanish davomida immun reaksiyalarning shakllanishi.
Tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida inson organizmida sodir bo‘ladigan fiziologik o‘zgarishlar.
Bolalarda vitaminlar yetishmovchiligining oqibatlari.
Zararli odatlar va ularni oldini olish.
Onalar salomatligi - kelajak poydevori.
Biologik faol va dorivor moddalarning bola organizmiga ta’siri.
Bolalarning jinsiy tarbiyasi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |