Termiz davlat pedagogika instituti


Laboratoriya mashg‘ulotlari


Download 7.68 Mb.
bet3/17
Sana13.09.2023
Hajmi7.68 Mb.
#1677393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
АНТЭКОЛОГИЯ. УСЛУБИЙ КЎРСАТМА. 2022 ЙИЛ

Laboratoriya mashg‘ulotlari
1- laboratoriya mashg‘uloti
Mavzu: O‘simliklarning generativ organlari. Gul. O‘simliklarning gullashi va changlanishi jarayonini o‘rganishda foydalaniladigan metodlar.


Dars maqsadi: Talabalarda o‘simliklar gullashi va changlanishi jarayonini tadqiq etishda qo‘llaniladigan asosiy metodlar to‘g‘risida tushunchalar hosil qilish.
Identiv o‘quv maqsadlari:

  1. Antekologiyaning asosiy metodlari to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘ladi.

  2. Kuzatish usuli to‘g‘risida ma’lumot bera oladi.

  3. Tajriba qo‘yish usulini asoslab beradi.

  4. Tavsiflash usulining o‘ziga xos tomonlarini tushuntira oladi.

  5. Mikroskopik o‘lchamlar kattaligini aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

  6. Lyuksmetr va psixrometrdan foydalanib, iqlim ko‘rsatgichlarini aniqlay biladi.

Kerakli jihoz va materiallar: Mikroskoplar, stol lupasi, Petri likobchalari, filtr qog‘ozlari, predmet va qoplag‘ich oynalar, ob’ektiv-mikrometr, okulyar-mikrometr, lyuksmetr, psixrometr, turli o‘simlik gullari.
Antekologiya fanining tadqiqot metodlari.
Antekologiya fanining quyidagi tadqiqot metodlari ajratiladi:

  • Dala sharoitida kuzatish antekologiyaning eng asosiy metodi hisoblanadi. Faqat tabiat qo‘ynida tirik ob’ektlarda gullash va changlanish jarayonini tadqiq qilish mumkin.

  • Tasviriy metod yordamida gulda bo‘ladigan o‘zgarishlar va jarayonlar o‘rganilib qayd etiladi. Ayniqsa, entomofil o‘simliklarda hasharot va urug‘chi tumshuqchasi orasida kuzatiladigan jarayonni aniq tasvirlash muhim ahamiyatga egadir.

  • Mikroskopik metod gulning mayda qismlarini o‘rganishda va changning fertilligini aniqlash chog‘ida qo‘llaniladi.

  • Dala tajribasi yordamida o‘simlik gulini avtomatik ravishda ochilib, o‘zidan changlanishi mumkinligini va shu kabi xususiyatlarini tekshirishda foydalaniladi.

  • Maxsus apparat orqali videotasmaga tushirish. Bu metod bilan o‘simlik gulining ochilishi va changlanishining amalga oshishini videotasmaga tushirib, keyin batafsil tahlil qilish mumkin.

Antekologik tadqiqotlarda qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib, o‘rganilishi mo‘ljallangan o‘simlik turining bioekologik xususiyatlarini hisobga olgan holda yuqorida keltirilgan metodlarning biridan yoki bir nechtasidan foydalanish mumkin.
O‘simliklarni chuqurroq o‘rganish maqsadida qo‘yidagi metodlardan foydalaniladi:
1. O‘simlik ob’ektlarini o‘rganishda mikroskopdan foydalaniladi. Antekologiya va sitoembriologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan usul hujayra va to‘qimalarni bo‘yash usulidir. Bu usulda ko‘pincha etil spirti, formalin sirka kislotasi ishlatiladi. Bu moddalar ta’sirida hujayra va to‘qimalarda hayotiy jarayonlar to‘xtaydi. Kimyoviy tarkibi o‘zgaradi. Fiksatsiya qilingan ob’ekt yuviladi, suvsizlantiriladi, parafinlanadi va mikrotonda kesilib yupqa kesmalar olinadi, kesmalar buyum oynasiga yopishtiriladi, parafinlanadi va bo‘yaladi.
2. Bo‘yash natijasida ob’ekt mikroskopda yaxshi ko‘rinadi, kimyoviy fiksatorlar natijasida o‘zgarishlar kelib chiqadi. Bu hodisaning oldini olish uchun liofilizatsiya usuli qo‘llaniladi, ya’ni 0,1-1 mm qalinlikda va 1 mm2 kattalikdagi ob’ekt izopentanda muzlatiladi. Suyuq azot yordamida (-30-40% da) -170°C gacha 10-3 mm simob ustuni bosimi ostida quritiladi (suv chiqariladi). Unda nuklein kislotalar, oqsil, lipidlar, polisaxaridlar yaxshi saqlanadi.
3. Sitofiziologiyada tirik ob’ektlarni kuzatish keng qo‘llaniladi, epidermis, chang donachalari va chang naychalari, ildizning uchki qismi, gul tumshuqcha va ustunchasi suv tomchisi yordamida mikroskopda (qorong‘i - faza va kontakt usulida) o‘rganiladi. Tirik ob’ektlar preparati tez nobud bo‘ladi. Bo‘yalgan ob’ektlarda bu jarayon tez ketadi. Bo‘yoqlardan yashil, qizil, metilen ko‘kning kuchsiz kontsentratsiyasida (1:10000; 1:100000) to‘qimalar qisqa muddatda bo‘yaladi (1-2 min). Fluxrom bo‘yog‘i lyuminisent mikroskop bilan ishlaganda qo‘llaniladi. Tirik ob’ektlarni o‘rganishda vazelin, parafin, silikon moyi, distillangan suv ishlatiladi.
Antekologiya fanidan dars berish hamda talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun quyidagi jarayonlarni hisobga olish lozim bo‘ladi:


  1. Download 7.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling