Termiz davlat pedagogika instituti


- laboratoriya mashg‘uloti


Download 7.68 Mb.
bet5/17
Sana13.09.2023
Hajmi7.68 Mb.
#1677393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
АНТЭКОЛОГИЯ. УСЛУБИЙ КЎРСАТМА. 2022 ЙИЛ

2- laboratoriya mashg‘uloti
Mavzu: Mikroskop va lupalar yordamida gul tuzilishini o‘rganish. Gul qismlari va ularning joylanishi.


Umumiy tushuncha. Yopiq urug‘li o‘simliklarda qisqa tartib, shoxlangan va kam o‘sadigan novda gul deb ataladi, uning barglari o‘sha gulning o‘zida yuzaga chiqib, urug‘ hosil bo‘lishiga olib keladigan ko‘payishning jinsiy usuli munosabati bilan metamorfozga uchragandir. Gul o‘rni yassi, konussimon (ayiqtovon, malinada), cho‘ziq (erchoy, sichqonqo‘yriqda) yoki botiq (atirgul, olxo‘ri, olchada) bo‘ladi. Poyaning bevosita gulo‘rni tagida gulni ushlab turadigan qismi gul bandi deb ataladi.

Gullar to‘g‘ri aktinomorf, qiyshiq - zigomorf yoki asimmetrik bo‘ladi.
Gulqo‘rg‘onining bo‘lishi, bo‘lmasligi va tuzilishiga qarab gullar:
1) gomoxlamid — gulqo‘rg‘oni oddiy kosachabarglardan yoki tojbarglardan tashkil topgan, barglari bir xil rangda, gulo‘rnida spiral joylashgan, (lola, magnoliya);
2) geteroxlamid — gulqo‘rg‘oni murakkab, kosacha va tojbarglardan iborat (moychechak, olma, na’matak);
3) gaploxlamid yoki monoxlomid — gulqo‘rg‘oni bir qator, ko‘pincha kosachabarglardan tuzilgan (gazanda, qayrag‘och);
4) apoxlamid — gulqo‘rg‘oni yo‘q yalang‘och (tol, shumtol) tipda bo‘ladi (99-rasm).

99-rasm. Gomoxlamid yoki oddiy (1-lolada), geteroxlamid yoki murakkab
(2-moychechakda), tog‘rayxonda), gaploxlamid yoki monoxlomid (3-gazanda) va apoxlamid yoki yalang‘och (4-tolda) gulqo‘rg‘onlar.
Tipik gul quyidagi qismlardan iborat. Odatda, yashil va kichkina bo‘lib, birikmagan, ozgina birikkan kosachabarglardan iborat, gultoji birmuncha yirik, turli ranga bo‘yalgan va birikkan yoki birikmagan tojibarglardan yuzaga keladi. Guldagi barcha changchilar qo‘shilib androtseyni hosil qiladi. Urug‘chi bitta yoki bir nechta mevachibarglar yoki megasporofillardan yuzaga kelgan bo‘lib, ginetseyni hosil qiladi. Urug‘chini birmuncha bo‘rtgan kovak qismida gul tugunchasi bor. Urug‘kurtaklar shu tugunchada shakllanadi. Kosacha bilan gultojining ikkalasi birgalikda gulqo‘rg‘on yoki gulqoplagichlar deb ataladi.

Download 7.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling