Termiz davlat pedagogika instituti


Gullarda jinslarning joylashishi


Download 7.68 Mb.
bet6/17
Sana13.09.2023
Hajmi7.68 Mb.
#1677393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
АНТЭКОЛОГИЯ. УСЛУБИЙ КЎРСАТМА. 2022 ЙИЛ

Gullarda jinslarning joylashishi. Gullarda ham changchi ham urug‘chi bo‘lsa ikki jinsli deyiladi (masalan, olma, g‘o‘za, bug‘doy). Ayrim o‘simliklarda gullar bir jinsli bo‘ladi (bodring, xurmo). Bunday gullarda faqat urug‘chi yoki changchi bo‘ladi. Bir jinsli gullarda faqat androtsey bo‘lsa – bir jinsli erkak gul deb ataladi. Gulda fakat ginetsey bo‘lsa bir jinsli urg‘ochi gul deyiladi. Bir o‘simlikda bir jinsli (erkak hamda urg‘ochi) gullar bo‘lsa, bir uyli (makkajo‘xori, yong‘oq, bodring), urug‘chi va changchi gullar mavjud bo‘lib, boshqa-boshqa o‘simliklarda bo‘lsa, ikki uyli deyiladi (tol, terak, ismaloq). Ba’zi o‘simliklarda ikki jinsli bilan bir jinsli gullar uchraydi va ko‘p uyli yoki poligam o‘simlik deyiladi (zarang, shumtol).
Ayrim o‘simliklarda (ayiqtavon) gul qismlari spiral joylashadi. Bu vaqtda gul qismlarining soni ko‘p bo‘ladi va atsiklik yoki spiral gullar (yunoncha «a» - bir narsaning yo‘qligini bildiradigan qo‘shimcha va «kyuklos» - xalqa) deyiladi. Gemisiklikda (yunoncha-«yarim») gulqo‘rg‘oni doira shaklida, changchi va urug‘chisi spiral shaklida joylashadi (magnoliya, lola daraxti), siklik gullarda – yopiq urug‘li o‘simliklarning juda ko‘pchiligida gullar xalqa yoki doira shaklida joylashadi).
Gul formula va diagrammasi. Gullarni qisqacha xarakterlash uchun formulasi yoziladi. Bu vaqtda asosan gulning simmetriyaligiga, qatorlar soniga, qismlarning soniga ahamiyat beriladi:
— spiral gul;
 - aktinomorf yoki to‘g‘ri gul;
ikki tomonlama simmetriyali gul;
 yoki  - zigomorf gul;
- assimetrik gul;
P - perigonum – oddiy gulqo‘rg‘on (perigonium);
Ca yoki K - kosachabarg – Calyx;
Co yoki C - venchik – tojbarg – (lot. Corolla — tojgul);
A - changchilar – androtsey (androceum);
G - urug‘chi – ginetsey (gynoeceum);
() - qo‘shilib o‘ssa;
— erkak gul (faqat changchilari bo‘ladi);
— urg‘ochi gul (changchilar bo‘lmaydi, faqat urug‘chi bo‘ladi);
— ikki (qo‘sh) jinsli gul.
Agar gulning biror organi bir necha qator bo‘lsa “ + ” belgisi bilan belgilanadi. Masalan, A10+5; tutashib o‘sgan gul bo‘laklari odatda qavs ichiga olinib Ca(5), tutashmagan holdagi gul bo‘laklari esa qavssiz yoziladi. Gul qismlari notayin bo‘lsa cheksizlik ∞ belgisi bilan belgilanadi. Tugunchalarning o‘rnini ifodalovchi raqam osti chiziq bilan (masalan, ostki tuguncha G , ustki tuguncha G) belgilanadi.
∞ - ko‘psonli
G(5)- tuguncha ostki
G(5)- tuguncha ustki
G(5)- tuguncha o‘rta
Gul formulasi:
 Ca5 Co5 A G (ayiqtovon)
Ca2+2 Co4 A2+4 G(2) (surepka)
 P3+3A3+3G (3) (piyozgulda)

Download 7.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling