Termiz davlat pedagogika institutida «Sharaf kodeksi» ini ishlab chiqish va tatbiq etish boʻyicha yoʻriqnoma
Download 165.76 Kb.
|
Шараф Кодекси 2 nizomi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biz talaba va magistrlar
- 4. “Sharaf kodeksi”ning qoʻllanilishi
Biz talaba va magistrlar oʻzligimizni anglab, oʻz xarakterimizni kuchaytirib, irodamizni chiniqtiramiz. Chunki ana shundagina biz oʻz kuchimizga tayanib, mustaqil hayotda muvaffaqiyatlarga erisha olamiz.
Biz talaba va magistrlar bunyodkor, kreativ fikrlaymiz, chunki odamning fikrlari uning soʻzlariga, hatti-harakatlariga aylanadi. Kim bunyodkor, pozitiv fikrlarni oʻylasa, u hayotda ham bunyodkor boʻladi, vayronkorlikka qarshi turadi. Biz talaba va magistrlar yaxshi fikr, yaxshi soʻz, yaxshi amal qoidasi asosida yashaymiz, chunki sizga odamlar qanday munosabatda boʻlishlarini istasangiz, ularga shunday munosabatda boʻlish kerakligiga ishonamiz. Biz talaba va magistrlar bir necha xorijiy tilni, axborot texnologiyalarini, oʻz mutaxassisligimizni yuksak darajada egallaymiz, chunki biz shunday qilmasak, oʻzimizga, Oʻzbekistonimizga, oilamizni farovon qila olmaymiz. Biz talaba va magistrlar TerDPI shaʼnini yuksak maqomda saqlaymiz, kundalik hayotda va ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalarda namunali xulq-atvor bilan universitet imijini yuksaltiramiz. Biz talaba va magistrlar institutni bitirib, qayerda, qaysi lavozimda ishlashimizdan qatʼiy nazar, Termiz davlat pedagogika instituti shon-sharafiga munosib boʻlamiz. Ustozlar ishonchini oqlaymiz. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga sadoqat bilan xizmat qilamiz. 4. “Sharaf kodeksi”ning qoʻllanilishi “Sharaf kodeksi”da belgilangan maʼnaviy-axloqiy xulq normalarining munosib ijrosini yoʻlga qoʻyish, jamoatchilik nazoratini taʼminlash uchun TerDPI Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi huzurida “Sharaf kodeksi”ning vakolatli nozirlari guruhi tuziladi. Termiz davlat pedagogika institutida institut rektori raisligida jamoatchilik asosida ish yurituvchi “Sharaf kodeksi”ning vakolatli nozirlar guruhi 3 yil muddatga tuziladi va guruh aʼzolarining roʻyxati TerDPI rektori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. “Nozirlar guruhi” aʼzosi: oʻz xohishiga koʻra yoki amaldagi qonun hujjatlari, institut ichki tartib va odob-axloq qoidalari hamda sharaf kodeksi talablariga zid faoliyat bilan shugʻullanganda; institut xodimlari tomonidan sharaf kodeksi nozirini almashtirish toʻgʻrisida murojaat qilinganda TerDPI rektori buyrugʻi bilan muddatidan oldin guruh aʼzoligidan chiqarilishi mumkin. TerDPI yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori “Sharaf kodeksi”ning vakolatli nozirlar guruhi raisining oʻrinbosari hisoblanadi. “Nozirlar guruhi”ga fakultetlardan 1 nafar yuksak maʼnaviyatli, talabchan, pedagogik-psixologik bilimlar, analitik, notiqlik qobiliyatlarga ega, ijtimoiy faol professor-oʻqituvchi, 1 nafar tyutor, 1 nafar xotin-qizlar faoli va 1 nafar faol talaba kiritiladi. Download 165.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling