Termiz Davlat pedagogika institutining "Boshlang'ich ta'lim" 1-bosqich (sirtqi) 2203 guruh talabasi Aliyeva Barnoning Ona tili o’qitish savodxonligi va uning o’qitish metodikasi fani bo'yicha tayyorlagan taqdimoti
Download 362.8 Kb.
|
Termiz Davlat pedagogika institutining 111
- Bu sahifa navigatsiya:
- So’z o’rg’usi yuqorida ta’kidlanganidek, so’zning biror bo’g’iniga tushadi va uning quyidagi turlari bor
Termiz Davlat pedagogika institutining "Boshlang'ich ta'lim" 1-bosqich (sirtqi) 2203 guruh talabasi Aliyeva Barnoning Ona tili o’qitish savodxonligi va uning o’qitish metodikasi fani bo'yicha tayyorlagan taqdimotiMAVZU: NUTQNING FONETIK BO’LINISHIR E J A:
Nutq ketma-ket kelgan tovushlarning yig’indisi yoki zanjirsimon ulanishidan iborat bo’lib, ma’lum fonetik birliklardan tashkil topadi. bu fonetik bo’linish hisoblanadi va tilshunoslikda segmentasiya (lotincha segment - bo’lak) deb ham yuritiladi. Har bir bo’lak segment hisoblanadi. fonetik birliklar dastlab ikki guruhga segment va supersegment birliklarga bo’linadi.
Segment birliklar – so’z yoki morfema tarkibida gorizontal chiziq bo’ylab birin-ketin keladigan birliklardir. Ularga nutq tovushi, bo’g’in, fonetik so’z, takt va fraza kiradi. Supersegment birliklar – o’rg’u, ohang, melodika, pauza kabi ustama hodisalar bo’lib, ular so’zga, frazaga, gapga yoki nutqqa yaxlit holda aloqador bo’ladi va ular bilan birga qo’llanuvchi ustama hodisalar hisoblanadi. Nutqning boshqa bo’laklarga bo’linmaydigan eng kichik birligiga tovush deyiladi. Tovushlardan bo’g’in tashkil topadi. Bir havo zarb bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig’indisi bo’g’in deyiladi. Ular so’zni hosil qiladi. Nutq tovushlarining muayyan ketma-ketlikdagi ifoda plani fonetik so’z hisoblanadi.So’z o’rg’usi yuqorida ta’kidlanganidek, so’zning biror bo’g’iniga tushadi va uning quyidagi turlari bor:
Tilda bo’g’inning amaliy ahamiyati katta. Satrga sig’may qolgan so’zni ikkinchi satrga ko’chirish bo’g’in asosida amalga oshiriladi. SHe’riyatning barmoq vazni bo’g’inlar sonining teng bo’lishiga asoslanadi Bog’cha bolalari va boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qish, yozishga o’rgatishda ham bo’g’in asosida ish olib boriladi. Bo’g’in fonetik so’zning shakllanishida qurilish materiali bo’lib xizmat qiladi. Bo’g’in fonologiyada sillabema deb yuritiladi. So’z tarkibidagi bo’g’inlardan birining yoki gaplardagi ayrim bo’laklarning boshqalariga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytilishi o’rg’u deyiladi. O’rg’u fonologiyada aksentema deb yuritiladi. ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT! Download 362.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling