Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo’ldan boy bermay, bolani har tomonlama rivojlantirishga erishmog’i zarur. Tarbiyachi o’zi ishlayotgan gurux, shuningdek o’zidan oldingi va keyingi guruxlar dasturi talablari va mazmunini yaxshi bilishi kerak. Masalan, dasturning kichkina guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish bo’limida bolalarni hayvonlar, o’simliklar va shunga o’xshashlar tug’risidagi eng oddiy bilim va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan. - Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo’ldan boy bermay, bolani har tomonlama rivojlantirishga erishmog’i zarur. Tarbiyachi o’zi ishlayotgan gurux, shuningdek o’zidan oldingi va keyingi guruxlar dasturi talablari va mazmunini yaxshi bilishi kerak. Masalan, dasturning kichkina guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish bo’limida bolalarni hayvonlar, o’simliklar va shunga o’xshashlar tug’risidagi eng oddiy bilim va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan.
- O’rta guruxda dastur bo’yicha bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va narsa- buyumlarga, voqea-xodisalarga nisbatan qiziqishini o’stirish va shu asosda eng oddiy tasavvur va tushunchalar xosil qilish, eng muhimi esa, kuzatuvchanlikni, narsa va buyumlar, voqea-hodisaiar o'rlasidagi o'zaro bog’liqlikni topa bilishga o’rgatish bosh vazifa hisoblanadi. Katta va tayyorlov guruxi bolalarini narsa-buyumlar, vokea- hodisalar tug’risidagi xaqiqiy tasavvur va tushunchalarini, ularning tabiiy sabablar bilan bog’lik ekanligini shakllantirish dasturning muxim vazifasidir.
- Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun dasturni yaxshi bilishning o’zi etarli emas, shu bilan birga, har bir bolaning shaxsini rivojlantirish yo’llarini yaxshi bilish, bolaning bilim, malaka va ko’nikmalarni egallab olish qobiliyati har xilligini ham e'tiborga olish kerak.
- Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana bir zarurati - uning metodik qo’llanma, pedagoglar kengashi, metodik birlashma, kurslarda va shunga o'xshashlardan olgan tavsiyalardan keng foydalanishidir. Kalendar rejani guruhda ishlovchi har ikkala tarbiyachi birgalashib bamaslahat tuzishlari lozim. Tarbiyachilar vaqti-vaqti bilan bolalarning ishlarini tahlil qilib borishlari lozim. Kalendar reja bir-ikki xaftaga tuziladi va tarbiyachining majburiy hujjati hisoblanadi.
- Dasturga muvofiq hamma ta'lim-tarbiya ishlari bolalar faoliyatining barcha turlari: o’yin, mehnat, maishiy faoliyat va mashg’ulot orqali amalga oshiriladi. Kalendar rejaning mazmuni bolalar faoliyatining hamma turlarida aks ettiriladi. Kalendar rejani tarbiyachi kun tartibiga binoan tuzib chiqadi.
- Bolalarning o’yini ham. mehnat mashg’uloti ham, maishiy faoliyati ham tarbiyachining har kungi kalendar rejasidan o’rin olishi lozim.
E’tiboringiz uchun rahmat! E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |