Termiz davlat universiteti 5112100


Download 13.51 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi13.51 Kb.
#1646952
Bog'liq
ilmiy rahbar xullosasi


Termiz davlat universiteti 5112100 – Texnalogya ta'limi yo'nalishi bitiruvchisi Norboyev Norali O’ktamovichning bakalavr darajasidagi diplomni olish uchun " O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda o’qitishning zamonaviy usullaridan faydalanish texnalogyasi " mavzusida yozgan bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbari Texnika fanlari nomzodi, professor D.Sh.Cho’yanovning

X U L O S A S I




Shaxsni tarbiyalash — "ta'lim to'g'risida"gi qonunda Respublika ta'lim xodimlari zimmasiga o'ta mas'uliyatli vazifalar yuklaydi. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni o'quvchilarni o'qitishga yangicha yondashish, o'qituvchi-larni o'z kasbiga va o'zgalarga, ya'ni ta'lim oluvchilarga o'ta talabchanlik bilan munosabatda bo'lishni taqozo etadi. Pedagogik jarayonning eskirib qolgan texnologiyasini yangisiga almashtirish, zamonaviy maktab va kasb-xunar kollejlariga davr talablari asosida yondashish, darsga esa yangicha usullarning loyihasini tatbiq etish asosiy vazifalardan biriga aylanmoqda.
O'quvchi shaxsini bilish ta'limda samarali natijalarga olib keladi. Bu borada olib borilayotgan nazariy va amaliy ishlarni davr talablari darajasida deb bo'lmaydi. Bu esa o'quvchi shaxsini kamol toptirish tadbirlar samarasiga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadi. Demak, eng avvalo o'quvchining qiziqish mayllarini juda yaxshi bilish kerak.
Bitiruvchi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu bitiruv malakaviy ishining asosiy mazmuni ham yuqorida ko'rsatib o'tilgan vazifalarni hal etishga karatilgan.
Norboyev Norali O’ktamovich bitiruv malakaviy ishida mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, ish ob'ekti va predmeti, ishning metodlari hamda ishdagi yangiliklarni ta'limiy-tarbiyaviy jihatdan to'g'ri asoslab bergan.
Norboyev Norali O’ktamovich o'quv jarayoni davomida shu sohada olgan nazariy bilimlarini bitiruv malakaviy ishida qo'llay olgan.
Mavzuning dolzarbligi ilmiy-uslubiy jihatdan to'g'ri asoslangan. Bajarilgan ishlar yuzasidan aniq xulosalar olingan.
Adabiyotlar va ilmiy maqolalardan keng foydalanilgan.
Norboyev Norali O’ktamovichning " O’quvchilarnikasbga yo’naltirishda o’qitishning zamonaviy usullaridan faydalanish texnalogyasi " mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi Nizom talablari asosida yozilgan bo'lib, tugallangan ish sifatida Davlat attestasiya komissiyasida himoya qilishga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar: Texnika fanlari nomzodi, professor D.Sh.CHO’YANOV.
Download 13.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling