SQL so’rovlari yordamida ma’lumotlarga ishlov berish dasturini yaratish.
Maydonlar qiymatlarini kiritish , o‘chirish va o‘zgartirish.
Qiymatlarni kiritish.
Hamma satrlar SQLda INSERT komandasi yordamida kiritiladi. INSERT quyidagi formatlar biriga ega bo‘lishi mumkin:
INSERT INTO name | view name> [(column [,column] ...)]
VALUES ( [,] ... );
yoki INSERT INTO name | view name> [(column [,column] ...)]
ostki so‘rov;
Masalan, sotuvchilar jadvaliga satr kiritish uchun quyidagi shartdan foydalanishingiz mumkin:
INSERT INTO Salepeople VALUES (11, 'Peel', 'London', .12);
Siz nom kiritish uchun ustunlar ko‘rsatishingiz mumkin. Bu nomlarni ixtiyoriy tartibda kiritishga imkon beradi. Masalan:
INSERT INTO Salepeople (Sname, Comm, SNum) VALUES ('Peel', .12, 11);
E’tibor bering City ustuni tashlab yuborilgan , chunki unga ko‘zda tutilgan qiymat kiritiladi.
Siz INSERT komandasidan bir jadvaldan qiymat tanlab , so‘rov bilan ishlatish uchun , ikkinchisiga joylashishda foydalanishingiz mumkin. Buning uchun siz VALUES ifordasini (oldingi misoldagi) mos so‘rovga almapshtiringiz kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: