Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi talabasi Abdiraximov Javoxir Amirqulovichning malakaviy va pedagogik amaliyotidan


Download 37.5 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi37.5 Kb.
#1609068
Bog'liq
hisobot


Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi talabasi Abdiraximov Javoxir Amirqulovichning malakaviy va pedagogik amaliyotidan.

HISOBOTI

Men 4-kurs informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi 406-guruh talabasi Abdiraximov Javoxir Amirqulovich 2023-yil 27-fevraldan 2023-yil 3-iyungacha Denov tumani 50-umumiy o’rta ta’lim maktabida pedagogik va malakaviy amaliyotda bo’ldim.


Axborot texnologiyalari fakulteti dekani Safarov Abdivoxid Shukurovich fakultet professor-o’qituvchilar hamda 4-kurs talabalari yig’ilish o’tkazdi. Yig’ilishda 4-bosqich talabalari maktabda pedagogik amaliyot o’tashi aytildi. Har bir talaba o’zi xohlagan yoki o’zi o’qigan maktabga pedagogik amaliyotni o’tash aytildi.
Men Abdiraximov Javoxir Denov tumanidagi 50-umumiy o’rta ta’lim maktabiga pedagogik amaliyotni oldim. Men 27-fevraldan boshlab amaliyot o’tash uchun mazkur maktabga bordim. U yerda meni maktab direktori E.Pardayev kutib oldi. Maktab direktori meni maktabdagi ichki tartib qoidalar bilan tanishtirdi va o’qituvchilar amal qilishi kerak bo’lgan jarayonlarni tushuntirib berdilar. Bundan tashqari dars o’tish uchun menga sinf, sinfrahbarlikni o’rganish uchun esa o’qituvchi biriktirildi. Fan o’qituvchisi sifatida B. Qorayev ustoz tayinlandi va B. Qorayev ustozning 11-b sinfi biriktirilishi aytildi.
Men amaliyot davrimning ikkinchi kuni maktab hovlisiga 7.50 da yetib keldim. Meni o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari kutib oldi. Men u bilan birgalikda menga biriktirilgan 11-b sinf bilan yaqindan tanishtirdi. Informatika darsiga kuztuvchi sifatida kirdim va fan o’qituvchisini diqqat bilan kuzatib tahlil qildim.
Dars davomida o’quvchilardan uyga vazifalar so’raldi. Savollarga javob berayotgan o’quvchilar baholandi. Darsda o’tilgan mavzularga doir o’quvchilarga uyga vazifalar berildi. Bu darsdan so’ng men Fizika darsiga 6-d sinfga kirdim. Fan o’qituvchisi darsni talab darajasida ko’rgazmali qurollardan foydalangan holda o’tdi.
Amaliyotni 3-kuni men Denov tumanidagi 50-maktabga 7.50 da keldim. 9-a sinfni informatika darsini kuzatdim va darsda o’quvchilar o’qituvchini diqqat bilan tinglashdi. O’qituvchi darsni ham amaliy ham nazariy ravshda tushuntirib o’tdi. Keyingi amaliyot kunida 9-b va 11-a sinflarga kirdim, informatika dars talab darajasida o’tkazildi. Albatda kompyuter qurilmalaridan foydalanilgan holda.“Kompyuter savodxonligi” to’garagimni
.Kompyuter barcha o’quvchilarga yetishmasligi sababli to’garak kunlarimni ikki kunga rejalashtirganman.Shanba va Chorshanba kunlari.
To’garakdan so’ng matematika darsiga tahlilga kirdim.O’qituvchilar xonasidagi 4 ta kompyuter juda sekin ishlaganligi sababli ularning ikkitasiga windows o’rnatdim.6-soat 12:10 da 9-a sinfga informatika fanidan Tarmoqlanuvchi algoritmlarni dasturlash.if… ,else operatorlari mavzusini o’tdim.13:00 da esa 7-a sinfga Internetda ma’lumotlarni izlash mavzusini o’tdim.Ikkinchi soatda esa 7-b sinfga fan o’qituvchisi shaxsiy ish yuzasidan ushlanib qolganligi sababli o’zimni to’rtinchi soatdagi darsimni o’tdim so’ng uyga qaytdim.
Amaliyot davomida men ham o’qituvchi ham amaliyotchi sifatida o’zimga yetarlicha malakaga ega bo’ldim.Amaliyot davomida o’qituvchilarning dars o’tish metodikasini,har bir o’quvchi bilan qanday ishlash kerak ekanligini,sinf bilan ishlashni o’rgandim. O’quvchilarning fanga oid qiziqishlari a’lo darajada ekanligi dars jarayonlarida guvohi bo’ldim.
Payshanba amaliyotni 4-kuni 11-a informatika va axborot texnologiyalari ham 6-a algebra darslarini kuzatib tahlil qildim, darslar yaxshi bo’lib o’tdi. Amaliyotni 5-kuni men maktabga 7.50 da keldim. 10-b sinfiga algebra darsiga dars tahliliga kirdim. Dars savol javobga va amaliy misollar yechib ko’rishga boy bo’ldi. Shanba men maktabga 8.00 da yetib keldim va 10-b sinfni informatika va axborot texnologiyalari fanini kuzatib o’qituvchi harakatlarini e’tibor bilan kuzatib kelajakdagi faoliyatimda qo’llashim mumkin bo’lgan usullarni o’rgandim.
O’quvchilarning fanga oid qiziqishlari a’lo darajada ekanligi dars jarayonida guvohi bo’ldim. Menga biriktirilgan 11-b sinfga amaliyot davrim davomida informatika darsi va informatika fanidan to’garak mashg’ulotlarini olib bordim.
Informatika darslarida barcha o’quvchilarning darsga qiziqishi, faolligi menda katta taassurot qoldirdi.
Men amaliyot davomida maktabdagi ustozlardan dars o’tish metodlarini o’rganishga harakat qildim. Bu o’rgangan narsalarim kelajakdagi pedagogik jarayonlarga yordam berishiga ishonaman.

Denov tumanidagi 50-umumiy o’rta ta’lim
Maktabi direktori: E.Pardayev

Amaliyotchi: J.Abdiraximov
Download 37.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling