Termiz davlat universiteti axborot texnologiyalari fakulteti matematika va informatika yo`nalishi 304-guruh talabasi


Download 1.47 Mb.
Sana02.04.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1319463
Bog'liq
SUNIY INTELLEKT 1-MUSTAQIL ISH

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO`NALISHI 304-GURUH TALABASI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO`NALISHI 304-GURUH TALABASI

JAVLIYEVA MASTURANING

SUN’IY INTELLEKT FANIDAN TAYYORLAGAN

TAQDIMOTI

Ma'lumotlar bilan ishlaydigan mutahassislik bu Data Science.

Data Science haqida qisqacha

Data Science hozirda ko’p tilga olinadigan so’zlardan biri bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Malumot (data)lar bilan ishlaydigan mutahassislarga shu darajada ehtiyoj kuchaydiki, hatto kelajak bizneslari aynan shu soha vakillariga bog’lig’ligi haqida gapirilyabti. Data Science o’zi nima? Bu savolga, quyidagicha javob bergan bo’lar edik. Data Science bu — ilmiy usullar, va algoritmlar yordamida malumot manbalaridan datalarni olish va uni qayta ishlash, biznesga tadbiq qilishdir. Har qanday biznes va tashkilotlar o’z qarorlarini aynan mavjud datalarga asoslanib qilishlari hechkimga sir emas, aynan shuni bajaruvchi, va o’rganuvchi soha bu Data Sciencedir.

Data Science muhimligi

Har bir tashkilot bugungi ma’lumotlarga asoslangan biznes dunyosida o’z foydalaridan maksimal darajada foydalanish uchun ularga aynan data analysis va science ilmi talab qilinishini angladilar va datalar bilan ishlaydigan xodimlarni qidira boshladilar.

Hozirgi kunda Data Science deyarli barcha ma’lumotlar tarmoqlarida — chakana savdo, elektron tijorat, moliya, sog’liqni saqlash, ta’lim, va telekomunikatsiya sohalarida qo’llaniladi.

Bundan tashqari internet olamida katta kuchga ega bo’lgan Google, Apple, Facebook, Amazon va boshqa bir qancha yirik kompaniyalar data sciencedan foydalanib ulkan ishlar qilmoqdalar. Ushbu kompaniyalar o’z bizneslarini rivojlantirish uchun aynan data sciencega murojat qiladilar va aniq va to’g’ri bo’lgan datalar orqali o’z qarorlarini joriy etadilar.

Data scientistlarga bo’lgan talab oshishda davom etadi. 2012-yilda datalar bilan ishlaydigan xodimlarga talab 650%ga oshgan bo’lsa, 2026-yilga kelib bu ko’rsatgich 11.5 million ishchi o’rni jobmarketda paydo bo’lishi kutilmoqda.

Sun'iy intellekt – texnologik rivojlanish asosi

O'z navbatida sun'iy intellektni ilm-fanga joriy etish uchun malakali kadrlar sonini oshirish talab etiladi. Negaki aynan o'z kasbining ustasi bo'lgan mutaxassislar barcha jabhalarga sun'iy intellekt kirib borishida asosiy omil bo'ladi. Hozirda yurtimizda shu yo'nalish bo'yicha “raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt” ixtisosligi oliy malakali kadrlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik mutaxassisliklar nomenklaturasiga kiritildi va uning pasporti yaratildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida “Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt ixtisosligi” bo'yicha oliy ta'limdan keyingi ta'lim instituti ochildi. Sun'iy intellekt sohasida tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka jami 28 ta maqsadli kvotalar ajratildi. Bundan tayanch doktoranturaga 14 ta, stajyor-tadqiqotchilikka 14 ta qabul kvotasi ajratildi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt yo'nalishi bo'yicha saralab olingan 10 nafar yosh olim 2021-2022 yillarda etakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuboriladi.

Sun'iy intellektning keng qo'llanilishiga uchta sabab


Hozirda sun'iy intellektning sohalarga joriy etilishi uchun turli sabablar keltirilmoqda, ulardan uchta eng asosiysini keltirib o'tamiz. Birinchisi, arzon narxlardagi yuqori samarali hisoblash resurslari. Ikkinchisi, ta'lim uchun katta hajmdagi ma'lumotlarning mavjudligi. Sun'iy intellekt mahsulining aniq prognozlarni amalga oshirishi uchun u katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlashi kerak. Ushbu omil sabab turli vositalar, xususan, ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlashning oddiy hamda arzon vositalari, turli xil algoritmlar yaratildi.
Uchinchisi, sun'iy intellekt mahsulotlari raqobatbardoshlikni mustahkamlaydi. U kompaniyalar xarajatlarini va xavflarni kamaytirishi, bozorga chiqish imkoniyatini kengaytirishi hamda boshqa foydali omillar uchun ko'plab vositalarni taklif qila oladi. Natijada sun'iy intellekt joriy etilgan kompaniyalar raqobatga anchayin chidamli bo'ladi.
Ammo barcha sohalarda bo'lgani kabi ushbu turdagi innovatsiyalarni joriy etishda ham qator qiyinchiliklar mavjud. Xususan, malakali kadrlarning etishmasligi hamda uni joriy etish uchun ma'lumotlarning kamligi. Sababi ma'lumotlar qanchalik ko'p bo'lsa, sun'iy intellekt bashoratlarining aniqligi shunchalik yuqori bo'ladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling