Termiz davlat universiteti filologiya o’zbek tili yo’nalishi 521-guruh talabasi yarasheva mashhuraning tayyorlagan taqdimoti
Download 0.96 Mb.
|
yarasheva 1-taqdimot — копия
Ani nazm etki, tarhing toza bo’lg’ay, Ulusqa mayli beandoza bo’lg’ay.
Yo’q ersa nazm qilg’onni xaloyiq, Mukarrar aylamak sendin ne loyiq. Xush ermas el so’ngincha raxsh surmak, Yo’likim, el yugurmishtur yugurmak. Dostonning 10-bobi Sulton Husayn Boyqaro ta’rifiga bag’ishlangan. Navoiy uni sultonlar ichida Shoh G’oziy, g’azot maydonida Ali ibn Abu Tolib, shariat rivojida payg’ambar singaridir deb ulug’laydi va uni adolatli, saxovatli hukmdor sifatida madh qiladi. 11-bob shahzoda Badiuzzamon Bahodir madhiga bag’ishlangan. Navoiy uni “Badiu-d-dahru Doroi zamon” deb atab, uning ismini kitobot (harf) san’ati asosida sharhlab o’tadi. Shahzodaning ismi 10 harfdan iborat bo’lib, Navoiy uning har bir harfiga alohida ma’no yuklaydi: “?” – “be” ehsonda birlik, yagonalikning dalilidir, “?” – “dol” davlatdan nishona bo’lib, dinu diyonat undan iqbol topadi. “?” – “yo” harfi yumn (baxt, omad)dan darak berib, uning qadami bilan zamona tinchiydi. To’rtinchi harf “?” – “ayn” bo’lib, adolatdan olingandir. “?” – “alif” harfi o’z shakli bilan uning to’g’riligi, rostgo’yligini bildiradi. “?” – “lom” harfi lutfdan voqif etib, latofat gulshanidan bahramand etadi. “?” – “ze” harfi abjad hisobiga ko’ra 7 raqamini anglatadi, bu Alloh unga 7 iqlimni nasib aylashiga ishoradir. “?” – “mim” harfi millat kiromi, musulmonlik nizomi undan ekanligini anglatadi. “?” – “alif” harfi Alloh uning yori ekanligiga dalolat bo’lsa, so’nggi harf “?”– “nun” nasr (madad) Allohdandir degan ma’noni bildiradi. Navoiy yuqorida dostonni yaratishdan maqsad “ishq, ya’ni ilohiy ishq dardini kuylash” ekanligini aytib o’tgan edi: Bu rangin sahfa bilkim, dard bog’i, Ayon har lolasida ishq dog’i. Bundan ma’lum bo’ladiki, dostondan bosh maqsad ilohiy ishq dardiga mubtalo bo’lgan solik (tariqat yo’liga kirgan oshiq)ning sarguzashtlarini tasvirlashdan iboratdir. Dostonning asosiy qismi 12-bobdan boshlanadi. Voqealar Chin xoqonining farzandsizligi va uning iztiroblari tasviri bilan ibtido topadi. Nihoyat uning iltijolari qabul bo’lib, Tangri unga bir o’g’il in’om etadi. Navoiy go’dakning tug’ilishidan tortib ulg’ayishigacha bo’lgan har bir jarayonni alohida tasvirlaydi, hatto go’dakka qo’yilgan ismga ham alohida ma’no yuklaydi: Anga farzona Farhod ism qo’ydi, Hurufi ma’xazin besh qism qo’ydi. Firoqu rashku hajru oh ila dard, Biror harf ibtidodin aylabon fard. 11-bob shahzoda Badiuzzamon Bahodir madhiga bag’ishlangan. Navoiy uni “Badiu-d-dahru Doroi zamon” deb atab, uning ismini kitobot (harf) san’ati asosida sharhlab o’tadi. Shahzodaning ismi 10 harfdan iborat bo’lib, Navoiy uning har bir harfiga alohida ma’no yuklaydi: “?” – “be” ehsonda birlik, yagonalikning dalilidir, “?” – “dol” davlatdan nishona bo’lib, dinu diyonat undan iqbol topadi. “?” – “yo” harfi yumn (baxt, omad)dan darak berib, uning qadami bilan zamona tinchiydi. To’rtinchi harf “?” – “ayn” bo’lib, adolatdan olingandir. “?” – “alif” harfi o’z shakli bilan uning to’g’riligi, rostgo’yligini bildiradi. “?” – “lom” harfi lutfdan voqif etib, latofat gulshanidan bahramand etadi. “?” – “ze” harfi abjad hisobiga ko’ra 7 raqamini anglatadi, bu Alloh unga 7 iqlimni nasib aylashiga ishoradir. “?” – “mim” harfi millat kiromi, musulmonlik nizomi undan ekanligini anglatadi. “?” – “alif” harfi Alloh uning yori ekanligiga dalolat bo’lsa, so’nggi harf “?”– “nun” nasr (madad) Allohdandir degan ma’noni bildiradi. Navoiy yuqorida dostonni yaratishdan maqsad “ishq, ya’ni ilohiy ishq dardini kuylash” ekanligini aytib o’tgan edi: Bu rangin sahfa bilkim, dard bog’i, Ayon har lolasida ishq dog’i. Bundan ma’lum bo’ladiki, dostondan bosh maqsad ilohiy ishq dardiga mubtalo bo’lgan solik (tariqat yo’liga kirgan oshiq)ning sarguzashtlarini tasvirlashdan iboratdir. Dostonning asosiy qismi 12-bobdan boshlanadi. Voqealar Chin xoqonining farzandsizligi va uning iztiroblari tasviri bilan ibtido topadi. Nihoyat uning iltijolari qabul bo’lib, Tangri unga bir o’g’il in’om etadi. Navoiy go’dakning tug’ilishidan tortib ulg’ayishigacha bo’lgan har bir jarayonni alohida tasvirlaydi, hatto go’dakka qo’yilgan ismga ham alohida ma’no yuklaydi: Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling