Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti


Download 55.21 Kb.
bet2/4
Sana02.01.2022
Hajmi55.21 Kb.
#187551
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi

Suyuq kristallar, suyuq kristall holat, mezomorf holat — moddalarning suyuqlik (oquvchanlik) xossalari hamda qattiq kristallarning baʼzi xossalari (anizotropiya) ga ega boʻlgan oraliq holati. Suyuq kristallar hosil qilgan moddalarning molekulalari tayoqcha yoki choʻziq plastinkasimon shaklda boʻladi. Termotrop va liotrop xillarga boʻlinadi. Termotrop Suyuq kristallar — maʼlum tra oraligʻida mezomorf holatda, undan past trada qattiq kristall, yuqori trada esa oddiy suyuklik holatida boʻladi. Mac, iazoksianizol 118,27° da anizotrop boʻlib, suyuq kristallar hosil qiladi. 135,85° da esa u izotroplikni namoyon qilib, oddiy suyuqlikka aylanadi. Baʼzi moddalarning maxsus erituvchilardagi eritmasi liotrop Suyuq kristallar deyiladi.

Suyuq kristallar molekulalarining tartiblanish darajasiga koʻra nematik ("azoksionizol, sintetik polipeptid eritmalari) va smektik (sovunning suvdagi eritmasi) Suyuq kristallar ga boʻlinadi. Nematik va smektik Suyuq kristallarning tashki koʻrinishini polyarizatsion mikroskop yordamida osongina ajratish mumkin. Nematik Suyuq kristallar ipsimon, smektik Suyuq kristallar konussimon, tayoqchasimon va bosqichli tuzil gan.

Suyuq kristallarning xolesterik (xolesterinning propil efiri) xili ham mavjud boʻlib, uning molekulalari birbiriga parallel joylashgan uzunchoq plastinkasimon shaklda. Xolesterik Suyuq kristallar organik suyukdiklar va qattiq kristallarning optik faolligidan bir necha marta yuqori boʻlgan optik faollikkya ega.

Baʼzi termotrop Suyuq kristallar 2 mezomorf holatda boʻlishi mumkin. Bunda strukturaviy oʻtishlar quyidagicha: qattiq^smektik—jematik—>amorfsuyuq kristall faza sxemasi boʻyicha boradi va 1 tartibli faza oʻtish sodir boʻladi.

Suyuq kristallar elastik, magnit va optik anizotroplik, yopishqoqlik, elektr oʻtkazuvchanlik va boshqa xossalarga ega.

Suyuq kristallar 1888 yilda F. Reynitser va O. Lemanlar tomonidan kashf etilgan.




Download 55.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling