Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan


-Maruza: Gaz sanoatining vujudga kelishi va uning rivojlanish bosqichlari


Download 4.47 Mb.
bet2/73
Sana28.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1730580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
Gaz kimyosi majmua-2023

1-Maruza: Gaz sanoatining vujudga kelishi va uning rivojlanish bosqichlari.

  1. Gaz sanoatining rivojlanishi uning vujudga kelish bosqichlari.

  2. Gazni qayta ishlash sanoatining xom-ashyosi bazasi va uning rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari.

  3. O‘zbekistonda gazni qayta ishlashning xom-ashyo bazasi.



Yurtimizdagi gazni qayta ishlash korxonalari xomashyo bazasi va ishlab chiqariladigan mahsulotlari. Respublikamizda gaz sanoatining rivojlanish istikbollari. O ‘zbekiston 2017 yili tabiiy gaz qazib olish hajmini 2016 yil bilan taqqoslaganda 0,5 foizga, ya‘ni 56,417 milliard kub metrgacha oshirdi. O ‘zbekiston avtomobil benzini ishlab chiqarishni 2017 yilda 2,5%ga – 1,1 mln. tonnaga qadar qisqartirdi. 2017 yilda dizel yoqilg‗isi ishlab chiqarish hajmi 4,5%ga, ya‘ni 962,9 ming tonnaga qadar kamaydi. O ‘zbekneftgaz‖ AJ Ozarboyjonning ―SOSAR‖ kompaniyasi bilan Ozarboyjon va O ‘zbekistonda, shuningdek birgalikda neft-gaz operatsiyalarini o ‘tkazish borasida kelishuvga erishildi. YAngi 2018 yil nafaqat O ‘zbekiston neft-gaz tarmog‗i, balki butun mamlakat uchun ham muhim voqeadan boshlandi. Qoraqalpog‗istondagi Ustyurt platosida joylashgan quyi Surg‗il maydonida gaz kondensatining yangi yirik zahiralarini ochishga erishildi. O ‘tkazilgan kon-geofizika ishlari tufayli 2018 yil yanvar oyi boshlarida 3600 metr chuqurlikda gaz va kondensatning sanoat hajmlaridagi zahiralarini topishga erishildi.
Surg’il koni mamlakat neft-gaz sanoatini rivojlantirish dasturida yain istiqbol uchun muhim vazifalardan biriga aylandi. Uni ochish va foydalanishga topshirish qimmatbaho resurslarni qazib chiqarish va qayta ishlash, tarmoq infratuzilmasini yanada kengaytirishga qaratilgan. YAqin vaqtlarda mutaxassislar tomonidan uglevodorodlar zahiralari o ‘sishini baholash ishlari bajariladi va quyi Surg‗il konida geologik qidiruv ishlarning yangi yo ‘nalishlari yuzasidan samarali takliflar tayyorlanadi. Bu sohada olib borilayotgan islohotlar soha rivojiga juda katta o ‘zgarishlar olib keladi. Muqobil energiya turlari va ularni ishlab chiqarish. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 3 noyabrda ―2017-2021 yillar uchun uglevodorod xom ashyosi qazib olish hajmini oshirish dasturining birinchi bosqichini amalga oshirish bo’yicha chora- tadbirlar to ‘g‗risida‖gi qarorni imzoladi. Hujjatda aytilishicha, BAA ning ERIELL Oilfield Services Middle East DMCC kompaniyasi 248 ta gaz va 48 ta neft qudug’ini qurish va ―O ‘zbekneftgazqazibolish‖ AJ konlarini to’liq jihozlash bo ‘yicha tenderni yutib chiqqan. Tender ―Natural Gas-Stream‖ MCHJ qo ‘shma korxonasi tomonidan o ‘tkazilgan. Enter Enginering RTe. LTD (Singapur) esa ―O’zbekneftgazqazibolish AJ konlarida texnologik ob‘yektlarni qurib- jihozlash sharti bilan tenderni yutib chiqqan. ERIELL Oilfield Services Middle East DMCC va ERIELL Gmb (Avstriya) kompaniyalari konsorsiumi O’zbekneftgazqazibolish‖ konlarida 2017-2018 yillarda 328 ta quduqning kapital ta‘mirini amalga oshiradi hamda ―O ‘zbekneftgaz‖ pudratchi bo ‘linmalarini modernizatsiya qiladi va yangi qurilmalar bilan jihozlaydi. Qarorda ta‘kidlanishicha, Natural Gas-Stream va Bank GPB International S.A (Lyuksemburg) 12 oylik muddatga 200 mln dollirlik qisqa muddatli kredit tadim qilish bo’yicha kelishuv tuzishgan. Dastur ikki bosqichda, birinchi bosqich 2017-2018 yillarda va ikkinchi bosqich 2019- 2021 yillarda amalga oshiriladi.
Prezident dasturdan metanoldan benzin olish bo ‘yicha qurilmalarni qurish bo ‘yicha ishlarni istisno qildi. Dasturning birinchi bosqichi eng maksimal narxi 1,99 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Bu mablag’lardan 503,81 mln. dollarini ―O ‘zbekneftgaz‖ AJ sarmoya qiladi. Xorijiy kreditlar hajmi 1,48 mlrd. dollardan ko ‘proni tashkil qiladi. qarorga ko ‘ra, 300,63 mln. dollir mashinalar va qurilmalar xarid qilishga, 271,2 mln dollar qurilish- montaj ishlariga, 1,16 mlrd. dollir quduqlar burg‗ilash va 48,7 mln dollir mavjud quduqlarning kapital ta‘miriga yo ‘naltiriladi. Natijada gaz qazib olish hajmi o ‘sishi 6,35 mlrd. kub metr gaz, 114,72 ming tonna gaz kondensati va 75,5 ming tonna neftni tashkil qiladi. Gaz eksportining yillik hajmi 3,45 mlrd. kub metrni tashkil qiladi. Prezidentimizning 2017 yil 27-28 yanvar kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlariga muvofiq amalga oshirildi. YAngiariq plast‖ mas‘uliyati cheklangan jamiyati korxonasida yiliga 2,5 ming tonna polietilen va polipropilen granulalarini qayta ishlab plastmas quqtilar, omborxonalar uchun idishlar va suyuqliklarni saqlash uchun sig‗imlar ishlab chiqarish boshlab yuborildi. Barcha ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtirilgan bo ‘lib, 2017 yil may oyida tuzilgan kontraktga muvofi «Xinjiang Huangjinmid-Asia Engineering Technology Co., Ltd» (XXR) kompaniyasi tomonidan yetkazib berilgan yuqori texnologik uskunalarga asoslangan.
2017 yil 24 iyul kuni «O’zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshchiligida ―Nukus polimer‖ mas‘uliyati cheklangan jamiyati zavodi foydalanishga topshirildi. Korxona diametri 16 mm dan 630 mm gacha bo’lgan quvurlarni ishlab chiqara boshladi. Ular gaz va suvni transportirovka qilish uchun qo’llaniladi. Ushbu agregat ekstruzion liniya deb nomlanadi va bevosita ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiradi. Bu erda to ‘rtta ana shunday qurilmalar o ‘rnatilgan. Korxona yiliga 8 ming tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Xom ashyo sifatida Ustyurt va Sho’rtan gaz-kimyo majmualari etkazib beradigan polietilen va polipropilen granulalari ishlatiladi. Qurilish-montaj ishlarining qiymati 22 mlrd. so ‘mni tashkil qildi va bunga qo ‘shimcha Xitoydan umumiy qiymati 2,5 mln. dollirlik uskunalar keltirildi. Bu albatda yurtimizdagi ishlab chiqarishning zamon talablariga mos holda qurilgan zavodlar va amalda nazarda tutilgan rejalar yurtimiz rivojlangan davlatlar qatoridan chuqur joy egallashga imkoniyat yaratadi.
Mavzu yuzasidan O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
7 fevraldagi 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo ‘nalishi ―Harakatlar strategiyasi‖ni amalga oshirish bo’yicha PF-4947-sonli farmoni, iqtisodiy va ijtimoiy dasturning eng muhim yo ‘nalishlari va ustuvor vazifalari va innovatsion texnologiyalar, 2016 yildan hozirga qadar neft va gaz sohasidagi yangiliklar va rejalar haqida etarlicha ma‘lumotga ega bo’lasiz. Gazlarni kayta ishlash zavodlari va gazkimyo majmualari; O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi ―2017
— 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo ‘yicha‖ PF-4947-sonli farmoni, iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo ‘nalishlar va ustuvor vazifalarni belgiladi. O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi ―Neft- gaz sanoatini bosharuv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to ‘risida‖gi PQ-3107 son qarori neft va gaz sohasini amalga oshirishning aniq belgilangan yo ‘lidi. SHuni aytish joizki, neft va gaz sanoatida bir qancha davlatlar bilan o ‘zaro kelishuv shartnomalari imzolandi.
2017 yil sentyabr oyida O ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostonada Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev bilan bo’lib o’tgan muzokaralarda Qozog’istondan Farona neftni qayta ishlash zavodi (NQIZ) uchun neft sotib olish imkoniyatini muhokama qildi. O’zbekistonga yiliga 170-200 ming tonna neft etkazib berilayotganligi va bu ko ‘rsatkichni yiliga 2 mln onnage etkazish ko ‘zda tutilgan. O’zbekistonga 500 ming tonna Rossiya neftini etkazib berish bo’yicha ikki tomonlama memorandum O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Moskvaga tashrifi davomida imzolangan edi. 2017 yilda O’zbekistonga Rossiya nefti eksporti 68,2 ming tonnani, xususan, noyabrda 30 ming tonna neft, dekabrda 38,2 ming tonna etkazib berilgan.
O’zbekiston, Turkmaniston, Qozog‗iston, Xitoy transmilliy loyihasi doirasida quriladigan gaz o’tgazgich tizimi tabiiy gaz eksporti uchun keng yo’l ochadi. Bunda O’zbekiston gaz o’tkazgichining uzunligi 529,7 km.ni, yillik o ‘tkazish quvvati esa 50 mlrd kubometrni tashkil etadi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ishga tushirilishi bilan O’zbekistonda yuqori sifatli AI-91 va AI-95 turdagi avtobenzin, aviatsiya kerosini, ekologik toza dizel yoqilg‗isi hamda bosha turdagi xom ashyo mahsulotlarini ishlab chiqarish keskin oshdi. Bundan tashqari zamonaviy avialaynerlar uchun ishlatiladigan Jet A-1 avia yoqilg‗isini ishlab chiqarish ham o’zlashtirildi. Bugungi kunda Sho’rtan va Ustyurt gaz-kimyo majmualarida yiliga 500 ming tonna polietilen va 83 ming tonna polipropilen ishlab chiqarilmoda. O’zbekneftgaz AJ tomonidan 2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy qayta tiklash, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta‘minlashga doir chora-tadbirlar dasturi doirasida 18 milliard dollardan ziyod investitsiya hisobiga 54 ta loyiha amalga oshirilishi ko’zda tutilgan. O’zbekneftgaz AJ hozirgi kunda suyuq uglevodorodlarni qayta ishlash bo’yicha zamonaviy texnologiyalarni o’zlashtirish ishlari jadal tarzda amalga oshirilib kelinmoda. Sho’rtan gaz-kimyo majmuasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar turlari va miqdorlari jadvalda keltirilgan.
Ma‘lumot o ‘rnida 2017 yilning aprel oyida O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi davomida O’zbekiston mustaqilligi hamda ―Mustaqillikning 25 yilligi konlariga investitsiya kiritish, Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasini barpo etish bo’yicha kelishuvlarga erishildi. Albatta bunga o’xshash bir qator o’zaro davlatlarning neft va gaz sohasidagi hamkorlik ishlari yurtimiz iqtisodiyotiga ulkan eshiklarni ochadi.

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling