Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi markaziy osiyo davlatlari geografiyasi


-MAVZU. O’ZBEKISTONNING MA'MURIY-HUDUDIY BO’LINISHI VA IQTISODIY RAYONLARI


Download 421.5 Kb.
bet46/54
Sana03.11.2021
Hajmi421.5 Kb.
#170376
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54
Bog'liq
markaziy osiyo davlatlari geografiyasi

11-MAVZU. O’ZBEKISTONNING MA'MURIY-HUDUDIY BO’LINISHI VA IQTISODIY RAYONLARI.

REJA:

1. O’zbekistonning ma'muriy- hududiy bo’linishi.

2. O’zbekistonning iqtisodiy rayonlari.

1. O’zbekistonning ma'muriy hududiy bo’linishi.

Ko’hna tarixga ega bo’lgan O’zbekiston uzoq va yaqin o’tmishda bir necha marta qayta tashkil qilingan bo’ldi, turli nomlar bilan ataldi.Qadimda u Turon, Turkiston, Movorounnahr nomlari bilan dunyoga ma'lum va mashhur edi. Ayniqsa, buyuk sohibqiron Amir Temur zamonasida O’zbekistonning, uning Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarining nomi “ yetti iqlim” ga ketgan edi.

Oktabr to’ntarishidan avval O’zbekistonning hozirgi hududi ma'muriy jihatdan Turkiston general-gubernatorligi, Buxoro amirligi va Xiva xonligiga qarar edi.

Xiva xonligi 20 ta beklik va boshqa ma'muriy birliklarga, Buxoro amirligi 28 ta beklik, Turkiston general-gubernatorligi esa viloyat, uyezd, volost va qishloq jamoalariga bo’lingan edi. 1918 yil 30 aprelda bo’lib o’tgan O’lka Sovetlarining V s'yezdi “ RossiyaG`ederasiyasining Turkiston Sovet Respublikasi haqidagi Nizom” ni tasdiqladi. Turkiston Muxtor Sovet Sosialistik Respublikasi 6 ta viloyatga: Sirdaryo, Samarqand,Farg`ona, Zakaspiy, Yettisuv, Amudaryo viloyatlariga bo’lingan edi. Viloyatlar, o’z navbatida, 30 ta uyezdga va 473 ta volostga ajratilgan edi.

1920 yil aprelida Butun Xorazm qurultoyi bo’lib o’tdi: unda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi e'lon qilinib, uning hududi 28 ta rayonga ajratildi, 1924 yilga kelib esa uchta viloyatgaQozoq-Јoraqalpoq, Yangi Urganch, Toshovuz viloyatlariga va Xiva rayoniga bo’lindi. Viloyatlar, o’z navbatida, sho’ro (volost) larga ajratildi.

1920 yil oktabrida xalq vakillarining Butun Buxoro qurultoyi bo’lib o’tdi: unda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi e'lon qilinib, uning hududi 15 ta viloyat, 58 ta tuman va 197 ta kentga bo’lindi.

Ma'lumki, 1924 yilda O’rta Osiyoda milliy davlat-chegaralanishlari o’tkazilib, O’zbekiston Sovet Sosialistik Respublikasi tashkil qilindi.

1925 yil 29 yanvarda Respublikada yangi ma'muriy bo’linish joriy etildi. Bu bo’linishga ko’ra Respublika hududi 7 ta viloyatga: Samarqand, Toshkent,Farg`ona, Zarafshon, Surxondaryo,Qashqadaryo va Xorazm viloyatlariga ajratildi. Samarqand shaxri Respublika markazi etib (poytaxti) tasdiqlandi.

1930 yilda Respublika poytaxti Samarqanddan Toshkentga ko’chirildi. 1936 yildaQoraqalpoІiston MSSR O’zbekiston SSR tarkibiga kiritildi. 1937 yilda O’zbekiston SSR konstitusiyasi qabul qilingach, Respublikaning ma'muriy-hududiy bo’linishi ma'muriy birliklarni yiriklashtirish va yangi viloyatlar tuzish yo’lidan bordi.

1938 yilda Respublika tarkibida 5 ta viloyat Buxoro, Samarqand, Toshkent,Farg`ona, Xorazm viloyatlari tashkil qilindi;

1941 yilda Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlari, 1943 yildaQashqadaryo viloyati, 1963 yilda Sirdaryo viloyati, 1973 yilda Jizzax viloyati va 1982 yilda Navoiy viloyati tashkil etildi.

Shunday qilib hozirgi kunda (2003 yilda) O’zbekiston davlati hududida ma'muriy jihatdan bitta respublika 12 ta viloyat, 163 ta rayon mavjud.




Download 421.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling