Termiz Davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi
Download 14.58 Kb.
|
Jo’rayev Xayrullaamaliyot hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jo’rayev Xayrulla: _______________________________
Termiz Davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi 4-bosqich 319-guruh talabasi Jo’rayev Xayrullaning Malakaviy amaliyot HISOBOTI Men Jo’rayev Xayrulla Termiz Davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi 4-bosqich 319-guruh talabasiman. Men 2023-yil 13-fevraldan 2023-yil 13-martga qadar Surxondaryo viloyati Qumqo’rg’on tumanidagi 8-umum ta’lim maktabiga amalyot o`tash uchun keldim. Amalyot davomida turli tadbirlar va ishlar o`tkazildi. Darslar va tadbirlar haqida quyida hisobotimni keltirib o`taman. Darsning birinchi kuni ya`ni 2023-yil 13-fevralda maktabda bo`lib o`tdi. Men maktab direktorining oldiga borib amalyot o`tash uchun yuborilganimni aytib Universitet tomonidan berilgan shartnomani imzolatdib, kerakli hujjatlarni olgach, menga biriktirilgan ingliz tili o`qituvchisi Absalomova Gulsara ustoz bilan darsga kirdik. Hali amalyotimning dastlabki kunlari bo`lganligi bois 1-hafta davomida passiv amalyot o`tadim, ya`ni faqatgina darslarni kuzatib bordim. Shu kuni 3-4-4-9-sinflarga ingliz tili fani bo`lganligi bois shu sinflarga kirib darsni kuzatib tahlil qila boshladim. Dars davomida uch oy tatilda zerikib ketgan bolalarni o`qishga bo`lgan ishtiyoqi juda yuqoriligi ularning hatti-harakati va yonib turgan ko`zlaridan ma’lum edi. Amalyotimning keyingi kunlari ingliz tilini emas balki boshqa Tarix fanini kuzatish uchun kirdim. Unda 6-8-10-sinflarga tarix fanini Batirova Gulasal ustoz o`tar ekan. Dars ajoyib ruhda o`tdi. Turli ko`rgazmalar, xaritalar hamda globuslardan foydalanildi. Bundan tashqari mavzuga doir videoroliklarni computer xonada joylashgan katta monitor orqali ko`rsatib, dars o`tishning zamonaviy uslublari haqida tushunchalar berdi. O`quvchilar darsga juda faol qatnashdilar. Bazi o`quvchilar mavzu haqida ma’lu,ot bersalar ba’zilari esa savol va topshiriqlarni bajardilar. O`tgan mavzuni turli savollar hamda o`qituvchi tomonidan tuzilgan krosvordlar orqali mustahkamlab oldilar. Amalyotning keying kuni matematika darsini kuzatish uchun 4-sinf darsiga kirdim. Dars davomida navbatchidan yo`qlama olinib barcha o`quvchilarda uyga vazifa so`raldi. Uyga vazifa tekshirilgach yangi mavzu o`tildi va unga doir misol va masalalar yechildi. Dars davomida faqatgina mavzuga doir misol va masalalar yechilibgina qolmay matematik olimlar haqida turli xil qiziqarli ma`lumotlar berildi. Jo’rayev Xayrulla: _______________________________ Download 14.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling