Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti 5610300-Turizm ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Madatova Mahliyo Komil qiziga tafsiyanoma


Download 16.86 Kb.
Sana21.02.2023
Hajmi16.86 Kb.
#1217204
Bog'liq
Dekanat tavsiyanomasi 2023 Madatova



Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti
5610300-Turizm ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
Madatova Mahliyo Komil qiziga
TAFSIYANOMA
Iqtidorli talabamiz Madatova Mahliyo Komil qizi 2001-yil 21-martda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida ishchi oilasida tavallud topgan. Millati o‘zbek. Partiyaviyligi yo’q.
2008-2019 yillarda Oltinsoy tumanidagi 22-umumiy o‘rta talim maktabini a’lo baholar bilan yakunlagan.
2020 - yil Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti 5610300-Turizm ta’lim yo‘nalishiga to‘lov - shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindi. Hozirda Turizm ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.
Madatova Mahliyo Komil qizi o‘zining tengdoshlari orasida odob - ahloqi, mehnatsevarligi, tirishqoqligi, tashkilotchiligi va ilmga bo‘lgan ishtiyoqi bilan ajralib turadi. U nafaqat universitet miqyosida balki Respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tadbirlar va tanlovlarda ham muntazam faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Jumladan, 2021 yili Yosh kitobxon tanlovining 15-19 yoshlilar o‘rtasida o‘tkazilgan Termiz shahar bosqichida
2-o‘rinni egallagan va diplom bilan taqdirlangan.
2021-yil aprel oyida Termiz Davlat universiteti fakultetlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Kitobxonlik oyligi” tanlovida yozuvchilar asarini tahlil qilish bosqichida 3-o‘rinni egallagan va pul mukofotlari bilan taqdirlangan.
2021-yil Kitobxon talaba tanlovida Termiz Davlat Universitetida 1-o‘rinni egallagan. Viloyat bosqichida faol ishtirok etganligi uchun faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
2021-yil oktabrda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Termiz Davlat Universitetida talabalarning ijodini baholaydigan “TerDU ijodkorlari” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovda “Maqsad” nomli hikoya bilan ishtirok etib, 3-o‘rinni egallagan va diplom bilan taqdirlangan.
2021-yil oktabr oyida xalqaro Red Bull Basement tanlovida ishtirok etib, tanlov shartlariga ko‘ra You Tube ijtimoiy tarmog‘ida o‘z videosini joylab, omma e’tiboriga havola etgan. Shuningdek, Ozarbayjonda Nizomiy Ganjaviy tavalludiga bag’ishlangan jnlayn-tanlovda faol ishtirok etgan.
2022-yil aprel oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Real sektor sohasi iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari”ga bag’ishlangan konferensiyada “Mamlakat turizmi industriyasini rivojlantirish istiqbollari” nomli maqolasi bilan ishtirok etgan.
2022-yil Termiz davlat universiteti iqtidorli talabalarining ilmiy tadqiqot ishlari yakuniga bag‘ishlangan an’anaviy 48-anjumanda o’zining “Hududlar turizmini rivojlantirishda dam olish va davolanish maskanlarining o’rni” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etgan.
Surxondaryoda tibbiyot va turizmini yanada rivojlantirish uchun You Tubeda ijtimoiy tarmogida Tibbiyot va Turizm nomli kanalini ochdi.

  1. yilning 8-oktabrda bo’lib o’tgan “O’zbekistonda MICE turizmining rivojlanishini: istiqbollari va xorij tajribasi” nomli konferensiyada “Mamlakatda ziyorat turizmini rivojlantirish istiqbollari” haqidagi maqolasi bilan ishtirok etdi.




  1. yil sentabr va oktabr oylarida “Yosh kitobxon” tanlovining mahalla va sektor bosqichida 1-o’rinni oldi va 31-oktabrda bo’lib o’tgan Oltinsoy tuman bosqichida 2-o’ringa munosib ko’rildi, shuningdek, diplom va 1mln so’m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

2022-yilning noyabr oyida Termiz davlat universiteti talabalari o’rtasida o’tkazilgan “Bayroq millat g’ururi” nomli videoroliklar tanlovida 3-o’rinni egalladi va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
2022-yilning 9-10- dekabr kunlari Surxondaryolik IT ga qiziquvchi yoshlar o’rtasida o’tkazilgan “HACKATHON” tanlovida ishtirok etib “Eng samarali loyiha” yo’nalishida “Xisten” loyihasi bilan 3-o’rinni egallagan.
2023-yil yanvar oyida Rossiya va O’zbekiston ilmiy jurnali bo’lgan “Новости образования: Исследование в ХХI веке” da “Tarixiy turizm va kino sanoatining o’zaro bog’liqligi” maqolasi nashr etilgan.
Madatova Mahliyo tashkilotchiligi va izlanuvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib, yoshlar qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur tuyg‘ularini yuksaltirish, ularning zamonaviy bilim hamda kasb-hunar egallashga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash borasida ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi bilan birga, nasr yo‘nalishida ham ijod qilib keladi. Shuningdek, hozirgi kungacha uning bunday izlanishlari natijalari asosida bir nechta maqolalalari nashr etilgan.
Madatova Mahliyo Komil qizi hozirgi zamonaviy axborot texnologiyalaridan hamda internet xalqaro axborot tarmog‘idan foydalanish bilim va ko‘nikmalarini puxta egallagan.
Madatova Mahliyo Komil qizi yuqoridagi ilmiy va ijodiy yutuqlarini inobatga olib, kelajakda mustaqil O‘zbekistonimizning ravnaqi uchun tinmay mehnat qiladigan munosib kadr bo‘lib yetishadi deb hisoblayman.
Iqtisodiyot va turizm fakulteti jamosi Turizm yo‘nalishi 3-kurs talabasi Madatova Mahliyonining ilmiy va ijodiy yutuqlarini inobatga olib, kelajakda mustaqil O‘zbekistonimizning ravnaqi yo‘lida o‘z hissasini qo‘shishiga hamda bu borada o‘zining bor bilim va salohiyatini namoyon etishga ishonch bildirgan holda “Viloyat hokimi” stipendiyasiga tavsiya etamiz.
Iqtisodiyot va turizm fakulteti dekani: A.Absamatov


Download 16.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling