Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Buxgalteriya hisobi va auditi yo'nalishi
Download 260.89 Kb.
|
Umirov Javohir
U (X, Y) = XY
ste’molchi tomonidan o‘zi uchun turli tovarlaming naflilik darajasining baholanishi iste’molchining afzal ko‘rishi deyiladi. Naflilik funksiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi tovarlarni taqqoslashni bildiradi. Naflilik funksiyasi iste’mol qilinayotgan tovarlar (X,Y) dan olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi: M U x M U y So‘nggi qo‘shilgan naflilik - muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilikdir. So‘nggi qo‘shilgan naflilik umumiy naflilikning o‘sgan qismidan iborat ekan, u naflilik funksiyasining hosilasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega boiadi. Ne’matlaming cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «so‘nggi nusxasi» mavjud boladi.Kishi qanchalik ko‘p miqdordagi tovami iste’mol qilsa, u shunchalik ko‘p yalpi naflilikka ega boiadi. Yalpi (umumiy) naflilik so‘nggi qo‘shilgan naflilik ko‘rsatkichlarini jamlash orqalianiqlanadi. Agar iste’molchi manfiy so‘nggi qo‘shilgan naflilikka ega bolsa, u holda yalpi naflilik kamayadi. Iste’molchi tovarlaming turli to‘plamini xarid qilishda doimo naflilikni maksimallashtirish qoidasiga amal qiladi. Bu qoidaning mazmuni quyidagicha bayon etiladi: Iste’molchi o‘zining daromadini shunday sarflashi kerakki, daromad to‘liq sarflangan holatda tovarni xarid qilishdan olingan so‘nggi qo‘shilgan naflilikningtovar narxiga nisbati barcha tovarlar uchun bir xil qiymatga ega bo‘lishi lozim, ya’ni: Bu yerda: MU-X va Y tovarlaming so‘nggi qo‘shilgan nafliligi; P- ulaming narxi. Befarqlikegri chizig‘i ehtiyojlami bir xil darajada qondirilishini ta’minlovchi iste’mol to‘plamlari yigindisini namoyon etadi.Ya’ni, iste’molchi uchun befarqlik egri chizig‘ida joylashgan tovarlar to‘plamini tanlashda farq mavjud bo‘lmaydi. Befarqlik egri chizig‘i pasayib boruvchi ko‘rinishda boiadi. Befarqlik egri chizigining pasayib borishi shu bilan izohlanadiki, tanlanishi lozim boigan har ikkala tovar ham iste’molchi uchun nafli hisoblanadi. Shunga ko‘ra, bir tovarlar to‘plami (masalan, A dan boshqa bir tovarlar to‘plami (masalan, V ga) tomon harakat qilib, iste’molchi naflilik miqdorini oshiradi. Biroq, ayni paytda xuddi shuncha miqdordagi naflilikka ega boigan A tovardan voz kechadi. Qisqasi, V tovar qanchalik ko‘p boisa, A tovar shunchalik oz boiadi, chunki A va V tovarlar o‘rtasida teskari aloqa mavjud. Qisqa muddatli davr - bu korxonaning faqat o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirish uchun taqozo etttadigan davrdir. Misol uchun: Korxona mahsulotiga talab keskin oshdi, deb faraz qilaylik. Taklifning muayyan hajmida talabning oshishi narxning ham ko‘tarilishiga va binobarin, korxona foydasining ko'payishiga olib keladi. Buning uchun u eng awalo qisqa muddati davrdagi ishlab chiqarish xarajatlarini amalga oshiradi. Bunday xarajatlar qatoriga quyidagilami kiritish mumkin: 1) Jonli mehnat xarajatlarini oshirish, ya’ni qo‘shimcha ishchi kuchini yollash ya ulardan foydalanish; 2) Xomashyo, material, elektr energiyasi va boshqa xarajatlar miqdorini ko‘paytirish; 3) Nisbatan arzon va ishlab chiqarishga osonlik bilan joriy etish mumkin bo'lgan mehnat vositalari miqdorini ko‘paytirish . Bundan ko‘rinadiki, O‘zgaruvchilari o‘rtasida teskari aloqa mavjud bolgan har qanday egri chiziq esa pasayib boruvchi ko‘rinishda bo’ladi. Agar iste’molchining A va V tovarlaming barcha to‘plamlari bo‘yicha afzal ko‘rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, befarqlik kartasi hosil boladi. Har bir befarqlik egri chizig‘i kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar to‘plamini ifodalaydi. Uzoq muddatli davr - bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va barcha band bo‘Igan resurslari miqdorini o‘zgartirishiuchun yetarli bo‘lgan davrdir. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quwatlarining o‘zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va koixona xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Misol uchun, tikuvchilik korxonasida ishlab chiqarish quwatlarini nisbatan qisqa muddatda, masalan bir necha kunda o‘zgartirish mumkin. Buning uchun bir necha ish stoli va tikuvchilik mashinalari sotib olish va o‘matish kifoya qiladi. Mashinasozlik yoki neftni qayta ishlash zavodidagi qo‘shimcha quwatlami ishga tushirish esa bir necha yilni taqozo etishi mumkin. Uzoq muddatli davrda barcha xarajatlar, shu jumladan, doimiy xarajatlar ham o‘zgaruvchi hisoblanadi.Qisqa muddatli vaqt davomida korxona o‘zining doimiy (qayd qilingan) quvvatlariga o‘zgaruvchi resurslar miqdorini qo‘shib borish yo‘li bilan ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirishi mumkin. Biroq, ishlab chiqarish quvvatlariga (doimiy resurslarga) qo‘shilgan o‘zgaruvchi resurslar ma’lum vaqtdan so‘ng kamayib boruvchi hisoblanadi. Download 260.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling