Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Buxgalteriya hisobi va auditi yo'nalishi
Download 260.89 Kb.
|
Umirov Javohir
Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Buxgalteriya hisobi va auditi yo'nalishi 1-kurs 222-guruh talabasi Umirov Javohirning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayorlagan ishim Qabul qiluvchi: Eshboyeva Nasiba Savollar: Ish haqining iqtisodiy mazmunini ifodalang. Naflilik funksiyasi va uni maksimallashtirish qoidasi nima? Befarqlik egri chizig’i va uning o’zgarishini izohlang. Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarish tamoyillarini yoritib bering. JAVOBLAR: Ish haqining mazmunini aniqlashda turli iqtisodchilar turli tomondan yondashib, unga har xil ta’rif beradilar. Masalan: D.Rikardo va T.Maltuslaming “Yashash uchun vosita minimum” konsepsiyasida ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir xil deb hisoblanadi. Lekin bunday qarash to‘g‘ri emas. Ish haqi — ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir. Nominal ish haqi - bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi hisoblanadi. Misol uchun: Mexanika zavodi ishchisi yanvar oyida 240 ming so‘m, fevral oyida 210 ming so‘m, mart oyida 260 ming so‘m ish haqi oldi. Bular nominal ish haqi hisoblanadi. Real ish haqi - bu nominal ish haqi summasining qanchalik tovarlar va xizmatlar miqdorini sotib olishga yetadigan quvvatidir. Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli - vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga qarab to‘lanadigan ish haqidir. U odatda mehnatning natijalarini miqdoran aniq hisoblab bo‘lmaydigan, balki ular muayyan vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, injener-texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlar va shu kabilarga haq to‘lashda) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchiga bog‘liq bo‘lmagan paytlarda (masalan, konveyyerlar va avtomat liniyalarida ishlash) qo‘llaniladi. Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishining hajmiga qarabto‘lanadigan ish haqidir. Mahsulot birligi uchun to‘lanadigan ish haqi miqdori tarif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish ine’yoriga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. I Download 260.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling