Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Raqamli iqtisodiyot fanidan joriy nazorat test savollari


Download 31.04 Kb.
Sana24.08.2023
Hajmi31.04 Kb.
#1669903
Bog'liq
6-VARIANT. Joriy nazorat.


Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Raqamli iqtisodiyot fanidan joriy nazorat test savollari


6-VARIANT

  1. Kiberjinoyat nima?

A) - bu kibermakonda kompyuter tizimlari yoki kompyuter tarmoqlari yordamida yoki vositasida kompyuter tizimlari, kompyuter tarmoqlari yoki kompyuter ma'lumotlariga qarshi sodir etilgan jinoyatlar to'plamidir.
B) - bu Internet, telekommunikatsiya tarmoqlari, kompyuter tizimlari, o'rnatilgan protsessorlar va kontrollerlarni o'z ichiga olgan infratuzilmalar va axborot texnologiyalarining o'zaro bog'liq to'plami bo'lgan axborot makonidagi global soha.
C) - bu Internetga ulangan har qanday texnik vositalar orqali shaxsga, tashkilotga yoki davlatga iqtisodiy, siyosiy, axloqiy, mafkuraviy, madaniy va boshqa turdagi zararlarni yetkazish maqsadida ijtimoiy og'ish harakatidir.
D) To'g'ri javob berilmagan.

  1. Shifrlashning analitik usulining mohiyati nimadan iborat?

A) dastlabki informatsiya simvollariga mos keluvchi raqam kodlarining ketma-ketligigamma deb ataluvchi qandaydir simvollar ketma-ketligiga mos keluvchi kodlar ketma-ketligi bilan ketma-ket jamlanadi
B) dastlabki informatsiyaning Вk = (bj) vektor ko’rinishida berilgan k – blokini shifrlash А = (аij) matritsa kalitni Bk vektorga ko’paytirish orqali amalga oshiriladi.
C) – bir alfavitda yozilgan information simvollarni boshqa alfavit simvollari bilan ma’lum bit qoida bo’yicha almashtirishdan iboratdir.
D) - dastlabki matn belgilangan uzunlikdagi bloklarga ajratilib, har bir blok ichidagi simvollar o’rni ma’lum algoritm bo’yicha almashtiriladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qachon qabul qilingan?

A) 2009-yil 7-yanvarda
B) 2020-yil 2-mayda
C) 2013-yil 27-iyunda
D) 2008-yil 28-avgustda

  1. Raqamli iqtisodiyotning tarmoqlari to'g'ri ko'rsatilgan javobni belgilang.

  1. Buyumlar interneti va sun'iy intellekt; robototexnika, dronlar va 3D-printerlar; kengaytirilgan va virtual reallik; blokcheyn va bulutli hisoblash.

  2. komyuterlar, mobil aloqa vositalari, bitkoin, vay-fay aloqa, 3D reallik, 3D-printerlar, IP-kamepa, IP-telefoniya

  3. elektron tijorat, elektron marketing, elektron banking, elektron sug'urta.

  4. Kriptovalyuta va online soliq hisob balansi.

  5. Raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlari to'gri ko'rsatilgan javobni belgilang.

A) infratuzilma, shu jumladan apparat, dasturiy ta'minot, telekommunikatsiya va boshqalar.
B) virtual bozor sub'ektlari o'rtasidagi virtual o'zaro munosabatlar doirasida kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan biznes-jarayonlarni qamrab oluvchi elektron tijorat operatsiyalari;
C) kompyuter tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan barcha moliyaviy va tijorat operatsiyalarini, shuningdek bunday operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan biznes jarayonlarini o'z ichiga olgan elektron tijorat.
D) Barcha javoblar to'g'ri

  1. “Mijoz tomonidan masofadan uzatiladigan buyurtmalar asosida bank xizmatlarini taqdim etish texnologiyalari (ya'ni, bankka tashrifisiz), ko'pincha kompyuter va telefon tarmoqlaridan foydalangan holda” Ushbu fikrda nimaga izoh berilgan?

A) Elektron banking
B) Elektron hosting
C) Raqamli iqtisodiyot
D) Virtual do’kon

  1. Dunyo globallashuvning yangi bosqichiga - raqamli globallashuvga qachon qadam qo'ydi?

A) 2010
B) 2000
C) 2020
D) 2015

  1. Tartib bo'yicha nechanchi sanoat inqilobi kompyuter asri deb nom oldi?

A) 3
B) 4
C) 2
D) 6

  1. Bulutli hisoblash nima?

A) bu foydalanuvchiga kompyuter resurslari va tarmoq quvvatlari (imkoniyatlari)ni internet xizmati sifatida taqdim etadigan ma'lumotlarni qayta ishlashning taqsimlangan jarayonlaridir
B) foydalanuvchilarga hajmining katta bo'lganligi tufayli ishlov berish qiyin bo'lgan va ular bilan ishlash uchun maxsus vositalar zarur bo'lgan ma'lumotlardir.
C) ob'ektlarga ma'lumotlarni yig'ish va almashish imkonini beradigan fizik qurilmalar, transport vositalari, binolar va elektronikaga o'rnatilgan boshqa narsalar, dasturiy ta'minot, datchiklar, bajaruvchi mexanizmlar va tarmoqlarning o'zaro aloqalarini o'z ichiga oladigan tarmoqlararo axborotlarning o'zaro bog'lanishidir.
D) To'g'ri javob berilmagan.

  1. Katta ma'lumotlar nima?

A) bu foydalanuvchiga kompyuter resurslari va tarmoq quvvatlari (imkoniyatlari)ni internet xizmati sifatida taqdim etadigan ma'lumotlarni qayta ishlashning taqsimlangan jarayonlaridir
B) foydalanuvchilarga hajmining katta bo'lganligi tufayli ishlov berish qiyin bo'lgan va ular bilan ishlash uchun maxsus vositalar zarur bo'lgan ma'lumotlardir.
C) ob'ektlarga ma'lumotlarni yig'ish va almashish imkonini beradigan fizik qurilmalar, transport vositalari, binolar va elektronikaga o'rnatilgan boshqa narsalar, dasturiy ta'minot, datchiklar, bajaruvchi mexanizmlar va tarmoqlarning o'zaro aloqalarini o'z ichiga oladigan tarmoqlararo axborotlarning o'zaro bog'lanishidir.
D) To'g'ri javob berilmagan.

  1. Raqamli iqtisodiyotning PricewaterhouseCoopers konsalting agentligi tomonidan ajratib ko'rsatilgan sakkizta asosiy texnologiyalar qaysilar?

A) Komyuterlar, mobil aloqa vositalari, bitkoin, vay-fay aloqa, 3D reallik, 3D-printerlar, IP-kamepa, IP-radio
B) Buyumlar interneti va sun'iy intellekt; robototexnika, dronlar va 3D-printerlar; kengaytirilgan va virtual reallik; blokcheyn va bulutli hisoblash.
C) real tovarlar va xizmatlar ta'minotchilari va xapidorlari sektori, dasturiy ta'minot va texnologiyalar ishlab chiquvchilar sektori, qonunchilik bazasi, kadrlar tayyorlash tizimi, barcha turdagi ma'lumotlap uzatish va saqlash kanallari ko'rinishidagi infratuzilma.
D) Internetda foydalanuvchilari xulq-atvorlari loglari, avtomobillar GPS signallari, bank mijozlari tranzaktsiyalari haqida axborotlar, yirik chakan tarmoqdagi xaridlar to'g'risida axborotlar, shahar IP-kamerasidan olingan ma'lumotlar, sanoat interneti bilan jihozlangan ishlab chiqarish datchiklaridan kelgan axborotlar va boshqalar.

  1. Gmail elektron pochtasi qaysi modelga taalluqli?

A) Iaas
B) PaaS
C) Saas
D) to'g'ri javob berilmagan

  1. Bitkoin qanday emissiya qilinadi?

A) bitkoin emissiyasi dunyo bo'ylab ma'lum bir dastur yordamida millionlab kompyuterlarning ishlashi natijasida yuzaga keladi.
B) AQSh Federal Zahira Tizimi tomonidan emissiya qilinadi.
C) 2018 yida 21 000 000 bitkoin emissiya qilingan, hozirga kelib emissiya jarayoni to'xtagan.
D) har bir davlar markaziy banki tomonidan o'z hududida emissiya qilinadi.

  1. Kriptovalyuta nima?

A) barcha ma'lumotlar ketma-ket qayd qilinadigan va bloklar bo'yicha joylashtiriladigan taqsimlangan ma'lumotlar reestri, bunda har bir yangi blok oldingi blokka kriptografik imzo orqali bog'lanadi;
B) kriptografik usullar bilan himoyalangan matematik tamoyillarga asoslangan, markazlashtirilmagan konvertatsiya qilinadigan valyutadir.
C) moddiy timsolda mujassam topmagan, to'laqonli pul belgisi sifatida foydalanish mumkin bo'lgan pul mablag'laridir.
D) komyuter dasturiy ta'minoti bo'lib, u orqali bitkoin va boshqa kriptovalyutalar bo'yicha tranzaktsiyalar amalga oshiriladi.

  1. Robot nima?

A) - bu intellektual kompyuter tizimlarini, ya'ni biz odatda inson ongi bilan bog'laydigan qobiliyatlarga ega tizimlar - tilni tushunish, o'rganish, fikrlash qobiliyati, muammolarni hal qilish va hk. larni ishlab chiqadigan informatikaning sohasidir.
B) - bu 3D bosmaning sanoat qo'llanilishi bo'lib, u qo'shish yo'li bilan buyumlar tayyorlashni anglatadi. Additiv ishlab chiqarishning mohiyati xom ashyo ketma-ket qatlamma-qatlam qo'llaniladi, shuning uchun u kerakli darajadan ko'p yoki kam bo'lmagan miqdorda iste'mol qiladi.
C) - bu kompyuter yaratgan axborot makoni ichida mavjud bo'lgan va mazmunli matnlarni, grafik va video materiallarni va ovozli dizaynni o'z ichiga olgan axborot muhitidir.
D) - bu inson harakatlarini taqlid qiladigan yoki yaxshilaydigan kompyuter tomonidan boshqariladigan elektromexanik yoki virtual (maslahatchilar) qurilmalar.

  1. Industriya 4.0 nima?

A) - bu buyumlar interneti omillarini ishlab chiqarishga tatbiq etishdir.
B) - bu haqiqiy dunyo holatidagi o'zgarishlarni sezish uchun o'zaro ta'sir o'tkazadigan hisoblash va samarali integratsiyalashgan jismoniy komponentlarni o'z ichiga olgan aqlli tizimlardir.
C) - bu foydalanuvchiga kompyuter resurslari va tarmoq quvvatlari (imkoniyatlari)ni internet xizmati sifatida taqdim etadigan ma'lumotlarni qayta ishlashning taqsimlangan jarayonlaridir
D) To'g'ri javob berilmagan

  1. Aqlli ishlab chiqarishning an'anaviy ishlab chiqarishdan farqi nimada?

A) farqi shundan iboratki, mahsulotni ishlab chiqarish va etkazib berishning barcha bosqichlarida tarmoq axborot texnologiyalari va kiber-fizik tizimlardan eng intensiv va keng foydalanish hisoblanadi.
B) farqi shundan iboratki, ishlab chiqarishga dasturiy ta'minotlarni taqbiq etish orqali inson mehnatini eng osonlashtiradi.
C) farqi shundan iboratki, ishlab chiqarishga avtomatlashgan liniyalarni taqbiq etish orqali mahsulotni ommaviy ravishda ishlab chiqarilishiga erishiladi.
D) to'g'ri javob berilmagan.

  1. Aniq dehqonchilikning asosiy elementlari to'g'ri ko'rsatilgan javobni belgilang

A) Ma'lumotlar: ekinlarning xususiyatlari, tuproq xususiyatlari, o'g'itlar va o'simliklarni himoya qilish vositalarini qo'llash talablari, hosildorlik to'g'risidagi ma'lumotlar
B) Texnologiyalar: an'anaviy, intensiv va innovatsion
C) Ilmiy menejment: olingan ma'lumotlarni va mavjud texnologiyalarni yaxlit tizimga birlashtirish
D) Barcha javob to'g'ri

  1. Blokcheyn asosidagi energiya tizimining zaruriy tarkibiy qismlarini belgilang.

A) Aqlli uy, aqlli hisoblagich, sensor texnologiyasi, smartfonlar uchun aqlli dasturlar.
B) Sun'iy navigatsiya tizimi, sensorlar (datchiklar), bort kompyuteri, axborot tizimi.
C) Sun'iy intellekt, buyumlar interneti, katta ma'lumotlar bazasi.
D) To'g'ri javob berilmagan

  1. Raqamli logistikaning eng so'nggi trendlari to'g'ri ko'rsatilgan javobni belgilang.

A) qog'oz hujjatlarni elektron hujjatga almashtirish, uchuvchisiz havo vositalaridan foydalanish, buyumlar internetidan foydalanish, katta ma'lumotlar texnologiyasini qo'llash, 3D bosma, robotlashtirilgan omborxonalar.
B) Sun'iy navigatsiya tizimi, sensorlar (datchiklar), bort kompyuteri, axborot tizimi.
C) Katta ma'lumotlar bazasi, robot omborxona, GPS tizimlari, dronlar.
D) To'g'ri javob berilmagan

  1. Internet do'konlarning o'ziga xos xususiyati ko'rsatilgan javobni belgilang.

A) Ularning faoliyati samaradorligi joylashgan joyiga bog'liq emas.
B) Internet do'konlar bir paytning o'zida an'anaviy do'kon bo'lishini taqazo etadi.
C) Geografik segmentining chegaralanganligi.
D) To'g'ri javob berilmagan

  1. Moliyaviy texnologiyalar to'g'ri keltirilgan javobni belgilang.

A) kraudfanding xizmatlari, o'zaro qarz berish platformalari, onlayn-bank, raqamli valyutalar, mobil hamyonlar, forex, raqamli ma'lumotlar almashinuvi platformalari, yuqori chastotali savdo, elektron tijorat, roboedvayzerlar.
B) blokcheyn, kriptovalyutalar, bitkoin, ethereum, internet-banking.
C) Sun'iy intellekt, buyumlar interneti, katta ma'lumotlar bazasi.
D) katta ma'lumotlar bazasi.

  1. Kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar qanday jinoyat hisoblanadi?

A) Kiber Jinoyat
B) Jamoaviy jinoyat
C) Kiber xavfsizlik
D) Barcha javob to’g’ri

  1. Kriptogramma nima?

A) Kalit so’z
B) Belgilarning tasodifiyga o’xshagan ketma-ketligi
C) Ma’lumotlar bazasiga kirishga imkon beruvchi kalit so’z
D) Kodlangan ma’lumotlarni o’qish imkonini beruvchi algoritm

  1. Mehnatning yangi tabiati nimalar bilan bog'liq bo’ladi?

A) doimiy o'qitish
B) malakani oshirish, doimiy o'qitish va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish
C) majburiy vaqt rejimi
D) O’quv kurslari bilan ishlash

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5635-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qachon qabul qilingan?

A) 2017 yil 17 mayda
B) 2021 yil 23 aprelda
C) 2019 yil 12 sentiyabrda
D) 2019 yil 17 yanvarda

JAVOBLAR VARAG’I





1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

Javob








































Natija













































14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

Javob





































Natija





































__________ ___________________________________________ _________
Guruh F.I.Sh. Imzo

___________________________ ___________


to`g`ri javoblar soni ball

Tuzuvchi: Xurramov R.A.




Kafedra mudiri: I.f.f.d. Buranova L.V.
Download 31.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling