Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti moliya (kechgi)- yo’nalishi


Download 476.28 Kb.
bet4/11
Sana17.12.2022
Hajmi476.28 Kb.
#1026398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MOLIYAVIY INFRATUZILMA VA MOLIYAVIY BOZORNI TARTIBGA SOLISHNING ZAMONAVIY YO\'LLARI

To‘rtinchidan, mulkka egalik huquqini boshqarishdan ajratish axborot olishga ketadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi. Odatda, menejer-lar firmaning ishlab chiqarish texnologiyalari, ishlab chiqarish resurslari bahosi (qiymati) va mahsulotga bo‘lgan talab to‘g‘risida juda aniq va atroflicha ma’lumot to‘play oladilar. Kompaniya egalariga esa ishlab chiqarish texnologiyalari, firma faoliyatining samaradorlik darajasi va uning mahsulotiga talabning qandayligi to‘g‘risida umumiy yoki yuzaki tasavvurga ega bo‘lishning o‘zi kifoya.
Ko‘ngil ochish industriya3si bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir misolni ko‘rib chiqamiz. Kinofilmlar ishlab chiqarish va ularning prokat4i bilan shug‘ullanish uchun juda keng ma’lumot to‘plash kerak bo‘ladi. Avvalo, yangi filmda ishtirok etishga yollanishi mumkin bo‘lgan taniqli aktyorlar va rejissyorlar to‘g‘risida ma’lumotni ortiqcha sarf-xarajatlarsiz qo‘lga kiritish mumkin. Ammo kinofilm ishlab chiqarish va uning prokatiga zarur boshqa resurslar to‘g‘risida so‘z boradigan bo‘lsa, buning uchun ko‘plab mablag‘ talab etilishi, tabiiy. Aktyorlar tanlash bo‘yicha mutaxassislar bilan aloqa o‘rnatish juda qimmatbaho jarayon va bu vazifani shu kasbga ixtisoslashgan professional ma’murlar hammadan a’lo darajada baja-radilar.
Beshinchidan, ta’lim olish (o‘qish) egri chizig‘i effekt5i (samarasi), yoki faoliyat yuritib turgan tashkilot effekti (samarasi) degan narsa mavjud va u quyidagilarda namoyon bo‘ladi: agar kompaniya egasi bir vaqtning o‘zida firma menejeri bo‘lsa, kompaniyaning yangi egasi yangi biznesni muvaffaqiyatli boshqarish uchun undan ish yuritishni o‘rganishiga to‘g‘ri keladi. Agar kompaniya egasi bir vaqtning o‘zida menejer bo‘lmasa, biznes sotilgan taqdirda ham tajribali menejer tashkilotda ishlashda davom etadi, faqat endi u boshqa xo‘jayinga ishlaydi (xizmat qiladi). Kompaniya birinchi bor o‘z aksiyalarini ochiq muomalaga chiqarganda (ya’ni, ochiq aksiyadorlik kompaniyasi (jamiyati)ga aylanganda), uning dastlabki ta’sischisi va egalari bo‘lgan menejerlari, garchi endi ular kompaniya aksiyadorlari bo‘lmasa-da, ko‘pincha, korporatsiyani boshqarishda davom eta-dilar.
Biznesni tashkil etishning korporativ shakli mulkka egalik huquqi boshqaruvdan ajratilganda ayniqsa samaralidir. Chunki u firmaning sog‘lom (normal) faoliyatiga putur yetmagan holda mulkdorlar ro‘yxatida tez-tez o‘zgarishlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yadi (egalik huquqi aksiyalarga o‘tishi munosabati bilan). Butun dunyoda turli korporatsiyalarning millionlab aksiyalari qo‘lda qo‘lga o‘tib turadi va buning firmani boshqarish hamda uning faoliyat yuritishi sifatiga salbiy ta’sir qilgan hollari juda kam.




Download 476.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling