Buxgalteriya hisoboti shakllarida hamma ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rsatkichlar aks ettiriladi. U
yoki bu modda (qator) to‘ldirilmagan holda, agar ular korxonada tegishli aktivlar, passivlar,
jarayonlar yo‘q bo‘lmagan, ishlatilmagan bo‘lsa, tegishli qatorga chizib qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisoboti shakllarining ustki qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
«Korxona» rekviziti - korxonaning to‘liq nomi o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilib,
tasdiqlangan hujjatlar asosida ko‘rsatiladi va uning kodi korxona hamda tashkilotlar umumdavlat
«Tarmoq (faoliyat turi)» rekviziti — tarmoq va uning kodi umumdavlat negizida xo‘jalik
tarmoqlar, guruhlanishiga asosan ko‘rsatiladi (OKONX).
«Davlat mulkini boshqaruvchi tashkilot» rekviziti — bunda davlat yoki munisipial korxona
tarkibiga kiruvchi tashkilot nomi (agar bor bo‘lsa) va buxgalteriya hisoboti topshirilayotgan
tashkilot ko‘rsatiladi.
«Nazorat summasi» rekviziti — korxonalar tomonidan to‘ldirilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: