9. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslari (BHMS
asosida).
Ushbu konseptual asos O‘zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‘grisida"gi
Qonuni asosida ishlab chiqilgan va foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotni tayyorlash va
taqdim etish asosini tashkil etuvchi tushunchalarni belgilab beradi.
Ushbu konsepsiyaning maqsadi quyidagilarga yordam berishdan iborat:
1. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat organi -
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga - buxgalteriya hisobi milliy standartlarini (keyingi
o‘rinlarda BHMS) rivojlantirish va ularni qayta ko‘rib chiqishda;
1. Moliyaviy hisobotni tayyorlovchi shaxslarga - BHMS dan foydalanishda;
2. Auditorlarga - BHMS moliyaviy hisobotiga mos keladigan xulosalarni tayyorlashda;
3. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga - moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarni tahlil
qilishda.
Konsentual asos BHMS hisoblanmaydi va biron-bir nizoli masalani baholash yoki
tushuntirish uchun uning ta’riflarini o‘z ichiga olmaydi. Ushbu konseptual asosdagi mavjud
qoidalar buxgalgeriya hisobining alohida bir standartini rad etmaydi.
Ayrim hollarda, agar konseptual asos bilan BHMS o‘rtasida ziddiyatlar bo‘lsa, -
BHMSning talablari konseptual asos talablaridan ustun kelsa, O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi BHMSni ishlab chiqishda ushbu konseptual asosga amal qiladi va ana shu ziddiyatlarni
bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radi.
4. Konsentual asos buxgalgeriya standartlarining amaliy faoliyatini hisobga olgan holda
O‘zbekisgon Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |