Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/111
Sana09.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#268126
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   111
Bog'liq
buxgalteriya hisobi nazariyasi (1)

Hisob tarixi 

Hisobning  paydo  bo‘lishi  bevosita  kishilik  jamiyatining  vujudga  kelishi  bilan  bog‘liq. 

Tarixiy  ma’lumotlarga  ko‘ra,  ibtidoiy  jamoa  tuzumi  davrida  hisobdan  foydalanishgan.  qabila 

boshlig‘i  o‘z  qabilasini  saqlab  qolish  uchun  qaysi  fasl  qachon  keladi,  qabilasida  qancha  odam 

bor, ular uchun qancha oziq-ovqat to‘plash kerak kabi hisob-kitoblarni amalga oshirgan. Dastlab 

hisob qurollari  sifatida qo‘l barmoqlaridan foydalanilgan (ba’zi  hollarda bu odatdan hozir ham 

foydalanamiz).  Hozirda  ham  jamiyatning  bir  bo‘lagi  hisoblangan  har  bir  oilaning  o‘z  hisob-

kitobi  bor.  Qaysi  oilada  hisob-kitob  yaxshi  yo‘lga  qo‘yilgan  bo‘lsa,  o‘sha  oilaning  turmush 

sharoiti yaxshi. Bundan ko‘rinib turibdiki, hisob insonlarning hayotiy  borlig‘i va hamkoridir. 

Xo‘jalik  hisobi  uch  turining  o‘zaro  bog‘liqligi  yagona  dastlabki  hujjatlashtirishdan 

foydalanish  bilan  ta’minlanadi.  YAgona  dastlabki  hujjatlashtirish  deganda  hisobning  barcha 

turlaridagi  operatsiyalarni  aks  ettirish  uchun  bir  turdagi  ma’lumotlardan  va  bir  turdagi 

hujjatlardan  foydalanish  tushuniladi.  Bunday  amal  hisob  ko‘rsatkichlaridagi  qarama-

qarshiliklarni bar-taraf qiladi va hisobdagi parallellik bilan ishlashni yuzaga keltiradi. 

Xo‘jalik  hisobining  har  xil  turlari  va  uning  butun  tizimi  uzluksiz  rivojlanib  boradi. 

Dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish, texnikasi, ishlash uslublari yaxshilanib bormoqda. 

SHuni  ta’kidlash  lozimki,  xalqaro  standartlariga  javob  beradigan  va  bozor  iqtisodiyoti 

xususiyatlariga  mos  keladigan  hisobning  yangi  tizimini  ishlab  chiqishda,  olimlar  va 

amaliyotchilar rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda bu sohada yaratilgan narsalarga 

ko‘r-ko‘rona  yondoshayotganlari  yo‘q.  Lekin  xorij  mamlakatlarining  amaliyotini  o‘rganish, 

ularni  chuqur  va  har  tomonlama  tahlil  qilish  Uzbekiston  Respublikasida  xo‘jalik  hisobini 

takomillashtirish imkoniyatini beradi. 




Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling