Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi
birga ularning o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib o‘tiladi
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
buxgalteriya hisobi nazariyasi (1)
birga ularning o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib o‘tiladi.
«Tovarlar» schyoti 2900 raqami bilan belgilanib, sintetik schyot hisoblanadi. Tovarlar xo‘jalik mablag‘- larining aylanma aktivlar qismiga kirib, muomala sohasida bo‘ladi. SHuning uchun ham bu schyot aktivdir. «Tovarlar» schyoti debeti qoldig‘idagi summa savdo korxo- nasidagi mavjud bo‘lgan tovarlar qiymatini bildiradi, ammo tovarlarning qaysi turidan qancha qolganligi haqidagi ma’lumotni ham pul o‘lchov birligida, ham natura o‘lchov birligida analitik schyotlar orqali olish mumkin. Sintetik va analitik schyotlarning bir - biridan farqi shundaki, sintetik schyotlarda xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalari umumlashtirib ko‘rsatilsa, analitik schyotlarda esa ular haqidagi ma’lumotlar ularning turlari bo‘yicha alohida-alohida hamda uch o‘lchov birligi ham qo‘llanilib aks ettiriladi. Misol. Tovarlarning umumiy qiymati 2910 — «Ombordagi tovarlar» sintetik schyotidan olinadi, ya’ni 30320000 so‘m. SHundan, sovutkichlar: «SINO» — 2 ta 1000000 so‘mdan, jami 2000000 so‘m; «Orsk» — 8 ta 1200 000 so‘mdan, jami 9 600000 so‘m; «DAEWOO » — 10 ta 800000 so‘mdan, jami 8000000 so‘m; videokameralar: «DAEWOO » —2 ta 1400000 so‘mdan, jami 2800000 so‘m; «Samsung»—2 ta 1960000 so‘mdan, jami 3920000 so‘m; «Philips» 2 ta 2 000000 so‘mdan, jami 4 000 000 so‘mni tashkil etadi. Bu mablag‘lar sotish uchun «Ombordagi tovarlar» sintetik schyotida hisobga olinadi va har biri uchun alohida-alohida kartochka ochiladi. Mana shu kartochkalar analitik schyotlar deb ataladi. Analitik schyotlardagi ma’lumotlarning jami ularni umumlashtiruvchi sintetik schyotning ma’lumoti bilan teng kelishi zarurligi —bu schyotlarning o‘zaro aloqadorligini va bir-birini to‘ldirib borishini bildiradi. Korxona xo‘jalik mablag‘larining tashkil topish manbalarini ifodalovchi sintetik schyot va analitik schyotlar ham xuddi shu tartibda bo‘ladi. Anlitik schyotlar korxona mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarining har bir turi bo‘yicha alohida- alohida ma’lumot beradi. Masalan, mashina va uskunalarning eskirishining sintetik hisobi 0230 — «Mashina va uskunalarning eskirishi» schyotida yuritilib, passiv schyot hisoblanadi. Korxonada mavjud bo‘lgan mashina va uskunalarning eskirishi ularning har biri bo‘yicha alohida yuritiladi. Bu mashina va uskunalarning eskirishining analitik hisobi ular uchun alohida-
5 Carl S. Warren, James M. Reeve, Jonathan E. Duchac. Accounting.(ISBN:-13: 978-1-133- 60760-1) USA, 2014. 25th edition
alohida ochilgan inventar kartochkalarda olib boriladi. Analitik hisob yordamida aniqlangan eskirish summalari jamlanib, sintetik hisobda 0230 — «Mashina va uskunalarning eskirishi» schyotida yuritiladi. Analitik schyotlarning yig‘indisi sintetik schyotga teng bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda mavjud bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarining holati haqida, umuman korxona xo‘jalik faoliyati, moliyaviy natijalariga baho berish uchun balans tuziladi. Ma’lumotlarni balansga ko‘chirishdan oldin hisob ishlari to‘g‘ri yuritilganligini hamda xo‘jalik moliyaviy holatiga baho berish va balans tuzish uchun aylanma vedomostlari tuziladi. Buxgalteriya hisobi schyotlari ko‘rib o‘tilganidek, bir xo‘jalik mablag‘lari yoki ularning tashkil topish man- balari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Oborot vedomostlar esa buxgalteriya hisobi schyotlari ma’lumotlarini jamlovchi jadvaldir. Oborot vedomostlar korxonaning barcha o‘z mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari harakati to‘g‘risi- dagi ko‘rsatkichlarni buxgalteriya hisobi schyotlari ma’lumotlari asosida oylar bo‘yicha umumlashtirish uchun ochiladi. Oborot vedomostlari ikki xil bo‘ladi: 1. Sintetik hisob, sintetik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti. 2. Analitik hisob, analitik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti. Oborot vedomostlarida ob’ektlarning boshlang‘ich qoldig‘i oy davomidagi harakati va oy oxiriga qoldig‘i aks ettiriladi. Sintetik schyotlarda ma’lumotlar umumlashtirilib, faqat pul ko‘rsatkichida ifodalanadi. Sintetik hisob, sintetik schyotlari aylanma vedomostlari quyidagicha shaklda bo‘ladi: Schyotla
r raqami
Schyotlarning nomi
h qoldiq (so‘mda)
Schyotlarning oboroti (so‘mda)
Oxirgi
qoldiq (so‘mda)
D T
K T
D T
K T
D T
K T
Analitik schyotlarda esa natura va boshqa o‘lchov birliklari qo‘llanilishi ular shaklini quyidagi ko‘rinishda bo‘lishini taqozo etadi: Ob’ekt
nomi Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling