Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


Xo‘jalik sub’ektlarida buxgalteriya hisobining vazifalari va funksiyalari


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/111
Sana09.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#268126
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111
Bog'liq
buxgalteriya hisobi nazariyasi (1)

Xo‘jalik sub’ektlarida buxgalteriya hisobining vazifalari va funksiyalari. 

Hozirda buxgalteriya hisobi asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi: 

1.  Xo‘jalik  hisobi  tarmoqlari  korxona,  tashkilot  va  muassasalarda  sodir  bo‘layotgan 

xo‘jalik jarayonlarini kuzatib borish. 

2. Kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash. 

3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd 

etish. 

4.  Maxsus  hujjatlarda  aks  ettirilgan  ma’lumotlarni  umumlashtirish  va  guruhlashtirish, 

xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish hamda ularga ta’sir etish. 

Bozor munosabatlari sharoitida ham buxgalteriya hisobi oldida quyidagi  uch asosiy vazifa 

turadi: 

1.  Korxona  boshqaruvini  mablag‘lar  va  uning  tashkil  topish  manbalari  to‘g‘risidagi 

ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash. 

2. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mulkini muhofoza qilish. Korxona qaysi mulkchilik shakliga 

asoslanganidan  qat’iy  nazar  buxgalteriya  hisobi  shu  korxona  mulkiga  nisbatan  tejamli 

munosabatda bo‘lishni, uni har xil nobudgarchiliklardan ehtiyot qilishni, ular harakatini uzluksiz 

nazorat qilib, ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashi lozim. 



3.  Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarda  xo‘jalik  hisobini  joriy  etib,  uni  mustahkamlash  va 

iqtisodiy rejim (tejamkorlik)ni joriy etish hamda takomillashtirib borish. 




Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling