Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


birga ularning o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib o‘tiladi


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/111
Sana09.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#268126
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   111
Bog'liq
buxgalteriya hisobi nazariyasi (1)

birga ularning o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib o‘tiladi. 

«Tovarlar»  schyoti  2900  raqami  bilan  belgilanib,  sintetik  schyot  hisoblanadi.  Tovarlar 

xo‘jalik mablag‘- larining aylanma aktivlar qismiga kirib, muomala sohasida bo‘ladi. SHuning 

uchun  ham  bu  schyot  aktivdir.    «Tovarlar»  schyoti  debeti  qoldig‘idagi  summa  savdo  korxo- 

nasidagi  mavjud  bo‘lgan  tovarlar  qiymatini  bildiradi,  ammo  tovarlarning  qaysi  turidan  qancha 

qolganligi haqidagi ma’lumotni ham pul o‘lchov birligida, ham natura o‘lchov birligida analitik 

schyotlar orqali olish mumkin.  

Sintetik  va  analitik  schyotlarning  bir  -  biridan  farqi  shundaki,  sintetik  schyotlarda  xo‘jalik 

mablag‘lari va ular manbalari  umumlashtirib  ko‘rsatilsa, analitik schyotlarda esa ular haqidagi 

ma’lumotlar ularning turlari bo‘yicha alohida-alohida hamda uch o‘lchov birligi ham qo‘llanilib 

aks ettiriladi.  

Misol.  Tovarlarning  umumiy  qiymati  2910  —  «Ombordagi  tovarlar»  sintetik  schyotidan 

olinadi, ya’ni 30320000 so‘m. SHundan, sovutkichlar: «SINO» — 2 ta 1000000 so‘mdan, jami 

2000000 so‘m; «Orsk» — 8 ta          1200 000 so‘mdan,  jami  9 600000 so‘m; «DAEWOO » —

10  ta  800000  so‘mdan,  jami  8000000  so‘m;  videokameralar:  «DAEWOO  »  —2  ta  1400000 

so‘mdan,  jami  2800000  so‘m;  «Samsung»—2  ta  1960000  so‘mdan,  jami  3920000  so‘m; 

«Philips»  2  ta  2  000000  so‘mdan,  jami  4  000  000  so‘mni  tashkil  etadi.  Bu  mablag‘lar  sotish 

uchun «Ombordagi tovarlar» sintetik schyotida hisobga olinadi va har biri uchun alohida-alohida 

kartochka ochiladi. Mana shu kartochkalar analitik schyotlar deb ataladi.  

Analitik  schyotlardagi  ma’lumotlarning  jami  ularni  umumlashtiruvchi  sintetik  schyotning 

ma’lumoti  bilan  teng  kelishi  zarurligi  —bu  schyotlarning  o‘zaro  aloqadorligini  va  bir-birini 

to‘ldirib  borishini  bildiradi.  Korxona  xo‘jalik  mablag‘larining  tashkil  topish  manbalarini 

ifodalovchi sintetik schyot va analitik schyotlar ham xuddi shu tartibda bo‘ladi. Anlitik schyotlar 

korxona  mablag‘lari  va  ularning  tashkil  topish  manbalarining  har  bir  turi  bo‘yicha  alohida-

alohida ma’lumot beradi. Masalan, mashina va uskunalarning eskirishining sintetik hisobi 0230 

— «Mashina va uskunalarning eskirishi» schyotida yuritilib, passiv schyot hisoblanadi. 

Korxonada mavjud bo‘lgan mashina va  uskunalarning eskirishi ularning har biri bo‘yicha 

alohida yuritiladi. Bu mashina va uskunalarning eskirishining analitik hisobi ular uchun alohida-

                                                 

5

  Carl  S.  Warren,  James  M.  Reeve,  Jonathan  E.  Duchac.  Accounting.(ISBN:-13:  978-1-133-



60760-1) USA, 2014. 25th edition 

 



alohida  ochilgan  inventar  kartochkalarda  olib  boriladi.  Analitik  hisob  yordamida  aniqlangan 

eskirish  summalari  jamlanib,  sintetik  hisobda  0230  —  «Mashina  va  uskunalarning  eskirishi» 

schyotida yuritiladi. Analitik schyotlarning yig‘indisi sintetik schyotga teng bo‘ladi. 

Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarda  mavjud  bo‘lgan  xo‘jalik  mablag‘lari  va  ularning  tashkil 

topish  manbalarining  holati  haqida,  umuman  korxona  xo‘jalik  faoliyati,  moliyaviy  natijalariga 

baho  berish  uchun  balans  tuziladi.  Ma’lumotlarni  balansga  ko‘chirishdan  oldin  hisob  ishlari 

to‘g‘ri  yuritilganligini  hamda  xo‘jalik  moliyaviy  holatiga  baho  berish  va  balans  tuzish  uchun 

aylanma vedomostlari tuziladi. 

Buxgalteriya  hisobi  schyotlari  ko‘rib  o‘tilganidek,  bir  xo‘jalik  mablag‘lari  yoki  ularning 

tashkil  topish  man-  balari  to‘g‘risida  ma’lumot  beradi.  Oborot  vedomostlar  esa  buxgalteriya 

hisobi schyotlari ma’lumotlarini jamlovchi jadvaldir. 

Oborot  vedomostlar  korxonaning  barcha  o‘z  mablag‘lari  va  ularning  tashkil  topish 

manbalari  harakati  to‘g‘risi-  dagi  ko‘rsatkichlarni  buxgalteriya  hisobi  schyotlari  ma’lumotlari 

asosida oylar bo‘yicha umumlashtirish uchun ochiladi. 

         Oborot vedomostlari ikki xil bo‘ladi: 

1. Sintetik hisob, sintetik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti. 

2. Analitik hisob, analitik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti. 

         Oborot  vedomostlarida  ob’ektlarning  boshlang‘ich  qoldig‘i  oy  davomidagi  harakati  va  oy 

oxiriga qoldig‘i aks ettiriladi. 

Sintetik  schyotlarda  ma’lumotlar  umumlashtirilib,  faqat  pul  ko‘rsatkichida  ifodalanadi. 

Sintetik hisob, sintetik schyotlari aylanma vedomostlari quyidagicha shaklda bo‘ladi: 

Schyotla


raqami 


 

Schyotlarning 

nomi 

 

Boshlang‘ic



h qoldiq 

(so‘mda) 

 

Schyotlarning 



oboroti 

 (so‘mda) 

 

 Oxirgi 


qoldiq 

(so‘mda) 

 

 



D

 



K

 



D

 



K

 



D

 



K

 



 

Analitik  schyotlarda  esa  natura  va  boshqa  o‘lchov  birliklari  qo‘llanilishi  ular  shaklini 

quyidagi ko‘rinishda bo‘lishini taqozo etadi: 

Ob’ekt 


nomi 


Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling