Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti moliya ta’lim yo’nalishi


Download 312.58 Kb.
bet7/8
Sana02.01.2022
Hajmi312.58 Kb.
#191476
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
RAZIQOV ELBEK

Kreditning asosiy sharti - bu qarz uchun haq to‘lash. Bu haq qarz qilingan yig‘indisiga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Kreditning foiz stavkasi pul bozorida amal qiladi. Bozorga chiqarilgan pulning narxi foiz bo‘ladi. Boshqa tovarlardan farqliroq qarz pulining narxi - bu uning ma’lum to‘lov ehtiyojini qondirishdek xossasidan foydalanilganlik uchun beriladigan haq bo‘ladi. Qarz puli kapital sifatida¸ yoki odatdagi to‘lov ¸ yoki xarid vositasida ishlatiladi. SHuning uchun ham qarzdor shaxs pul egasiga foiz stavkasini to‘laydi


Foiz miqdori ¸yoki darajasi oldindan belgilanadi. Foiz darajasi (FD) qarz foizining (QF) berilgan qarz miqdoriga (QM) bo‘lgan foizlarda ifodalangan nisbatidir.

QF

FD = ------------ * 100



QM

Kreditlarning foiz stavkasi mamlakatning ssuda kapitallari bozorida aniqlanadi. Bank daromadining asosiy manbai foiz hisoblanadi.

Umuman olganda kredit foizi ssuda foizining bir ko‘rinishi hisoblanadi. Ssuda foizining o‘zi esa tasniflanish belgilariga ega bo‘lgan turli xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Bunda ta’kidlash joizki, kredit muassasasi ssudaga asosan o‘z mablag‘larini emas, jalb qilingan mablag‘larini joylashtiradi. Bank daromadi bo‘sh turgan pul mablag‘larini taqsimlash yuzasidan olinadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit munosabatlarida bank foizining roli o‘sib borayotganini ko‘rish mumkin.Umuman olganda, foiz siyosati nafaqat pul-kredit mablag‘larining boshqaruvchisi bo‘lib hisoblanadi, shu bilan birga butun kredit munosabatlarini boshqarib turuvchi iqtisodiy usuli hamdir.




Download 312.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling