Kreditning asosiy sharti - bu qarz uchun haq to‘lash. Bu haq qarz qilingan yig‘indisiga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Kreditning foiz stavkasi pul bozorida amal qiladi. Bozorga chiqarilgan pulning narxi foiz bo‘ladi. Boshqa tovarlardan farqliroq qarz pulining narxi - bu uning ma’lum to‘lov ehtiyojini qondirishdek xossasidan foydalanilganlik uchun beriladigan haq bo‘ladi. Qarz puli kapital sifatida¸ yoki odatdagi to‘lov ¸ yoki xarid vositasida ishlatiladi. SHuning uchun ham qarzdor shaxs pul egasiga foiz stavkasini to‘laydi