Termiz Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti turizm yo’nalishi


Download 371.45 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi371.45 Kb.
#1273345
Bog'liq
AKT A.R

Termiz Davlat Universiteti

Iqtisodiyot va turizm fakulteti turizm yo’nalishi

1-kurs 122-guruh talabasi Avliyoqulov Ravshanning

Turizmda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

fanidan tayyorlagan

TAQDIMOTI

Mavzu:Sun’iy intellekt

Reja:

1.Sun’iy intellekt o’zi nima.

2.Sun’iy intellekt mutaxassisligi.

Sun’iy intellekt haqida.

  • Sunʼiy ongsunʼiy intellekt yoki sunʼiy idrok (inglizcha: Artificial intelligence; odatda, AI sifatida ham qisqartiriladi) — insonlar yoki hayvonlar tomonidan koʻrsatiladigan tabiiy ongdan farqli oʻlaroq, mashinalar tomonidan koʻrsatiladigan ongdir. Yetakchi sunʼiy ong darslik kitoblari bu sohani „ongli agentlar“ni oʻrganish deya taʼriflaydi: oʻz muhitini fahmlaydigan va maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish imkoniyatini maksimal darajada oshiradigan amallarni amalga oshiruvchi har qanday sistema. Xalq orasida „sunʼiy ong“ atamasi koʻpincha „oʻrganish“ va „muammolarni yechish“ kabi inson idroki bilan bogʻlaydigan „kognitiv“ funksiyalarni taqlid qiladigan mashinalarni tasvirlashda ishlatiladi, biroq bu taʼrifni koʻpchilik sunʼiy ong tadqiqotchilari rad etishadi.

Sun'iy intellekt sohasida o'tgan asrning o'rtalaridan boshlab tadqiqot ishlari boshlangan. Ingliz matematigi va kriptografi Alan Tyuring (1912-1954) mazkur yo'nalishda ilk tadqiqot muallifi hisoblanadi.
Xususan, 1950 yili texnologiyalar imkoniyatlari insonlarni aql jihatdan ortda qoldirishi haqida savollarga asoslangan maqola chop etilgan. Uning muallifi Alan Tyuring edi. Keyinchalik olim o'zining nomi bilan atalgan “Tyuring testi” tartibini ishlab chiqdi.
Maqola chop etilganidan so'ng sun'iy intellekt sohasida yangidan-yangi tadqiqotlar amalga oshirildi. Ushbu davr mobaynida olim qarashlarini o'zgartirmagan holda fikrlashda insondan farq qilmaydigan mashinalar haqida ham turli fikrlar bildira boshlagan.

Hozirda sun'iy intellektning sohalarga joriy etilishi uchun turli sabablar keltirilmoqda, ulardan uchta eng asosiysini keltirib o'tamiz. Birinchisi, arzon narxlardagi yuqori samarali hisoblash resurslari. Ikkinchisi, ta'lim uchun katta hajmdagi ma'lumotlarning mavjudligi. Sun'iy intellekt mahsulining aniq prognozlarni amalga oshirishi uchun u katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlashi kerak. Ushbu omil sabab turli vositalar, xususan, ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlashning oddiy hamda arzon vositalari, turli xil algoritmlar yaratildi.

  • Hozirda sun'iy intellektning sohalarga joriy etilishi uchun turli sabablar keltirilmoqda, ulardan uchta eng asosiysini keltirib o'tamiz. Birinchisi, arzon narxlardagi yuqori samarali hisoblash resurslari. Ikkinchisi, ta'lim uchun katta hajmdagi ma'lumotlarning mavjudligi. Sun'iy intellekt mahsulining aniq prognozlarni amalga oshirishi uchun u katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlashi kerak. Ushbu omil sabab turli vositalar, xususan, ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlashning oddiy hamda arzon vositalari, turli xil algoritmlar yaratildi.
  • Uchinchisi, sun'iy intellekt mahsulotlari raqobatbardoshlikni mustahkamlaydi. U kompaniyalar xarajatlarini va xavflarni kamaytirishi, bozorga chiqish imkoniyatini kengaytirishi hamda boshqa foydali omillar uchun ko'plab vositalarni taklif qila oladi. Natijada sun'iy intellekt joriy etilgan kompaniyalar raqobatga anchayin chidamli bo'ladi.
  • Ammo barcha sohalarda bo'lgani kabi ushbu turdagi innovatsiyalarni joriy etishda ham qator qiyinchiliklar mavjud. Xususan, malakali kadrlarning etishmasligi hamda uni joriy etish uchun ma'lumotlarning kamligi. Sababi ma'lumotlar qanchalik ko'p bo'lsa, sun'iy intellekt bashoratlarining aniqligi shunchalik yuqori bo'ladi.

Sun’iy intellekt mutaxassisligi.

  • Sun’iy (kompyuter) aql - bu informatika va kompyuter muhandisligining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri. Sun’iy intellekt sohasidagi ish an’anaviy intellektual muammolarni hal qilish uchun kompyuter tizimlarini (o‘qitish, ekspert, konsalting, robot va boshqalar) loyihalash uchun usullar, vositalar va texnologiyalarni yaratishga qaratilgan. Aniqlangan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishda ishtirok etadigan oddiy dasturchilardan farqli o‘laroq, sun’iy intellekt mutaxassislari ushbu xususiyatlarni shakllantirishga qodir, bu har qanday dasturiy mahsulotni loyihalashda eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. 

Axborot texnologiyalarini quyudagi yo‘nalishlari o‘rganiladi:





Ma’lumotlar



Amaliy
Download 371.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling