Raqamli markirovka nima uchun kerak Ochiq manbalarga ko’ra 2019 yilda O’zbekistonning “yashirin” iqtisodiyotining umumiy darajasi 52,11% ni tashkil etdi. Mahsulotning qadog’iga Data Matrixni joylashtirish kontrafakt va kontrabanda bilan samaraliroq kurashish, rasmiy biznes va iste’molchilarni qalbaki mahsulotdan himoyalash, shuningdek davlat uchun soliqlarni yig'ilishini oshirish imkoniyatini beradi. - Markirovkalangan mahsulotning ishlab chiqaruvchidan to xaridorgacha bo’lgan harakatini belgilash hisobidan, uning nusxasi paydo bo’lishi va uni aylanmadan takroriy chiqarilishi inkor etiladi.
- Iste’molchi, mahsulotning aslligini "Asl Belgisi" mobil ilovasi orqali markirovkalash kodini skanerlash yordamida tekshira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |