- TOVAR BELGISI VA MARKIROVKASI
- Reja:
- 1. Tovar belgilari tushunchasi, tuzilishi va mohiyati.
- mashg’ulotining rejasi
- 2. Xizmat ko’rsatish belgilarining tuzilishi va ko’rinish hollari.
- Tovarlar kelib chiqqan joy nomlarini ko’rinish hollari, mazmuni to’g’risida.
- Tovar belgilari, xizmat ko’rsatish markirovkasi.
- 1. Tovar belgilari tushunchasi, tuzilishi va mohiyati
- 2001 yilning 22 sentyabrida amalga kiritilgan O’zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to’g’risida” Qonuniga muvofiq tovar belgisi va xizmat ko’rsatish belgisi – bu bir yuridik va jismoniy shaxslarning tovarlari va xizmatlarini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi o’xshash tovarlari va xizmatlaridan farqlash uchun xizmat qiluvchi belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan belgidir.
- Tovar belgilari sifatida tasviriy, so’zli, hajmiy va boshqa telgilar yoki ularning istalgan rangdagi yoki ranglar birikmasidagi kombinatsiyalari bo’lishi mumkin.
- O’zbekistonda tovar belgisiga huquqiy muhofaza faqat u rasmiy ro’yxatdan o’tkazilgandan so’ng beriladi.
- Tovar belgisi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomiga ro’yxatdan o’tkazilishi mumkin.
- Tovar belgisini ro’yxatdan o’tkazish uchun Qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilgan talabnomani Davlat patent idorasiga topshirish zarur. Qonunda belgilangan ekspertiza o’tkazilgandan so’ng va patent boji to’langanligi to’g’risida hujjat olingan sanadan boshlab bir oy davomida tovar belgisi ro’yxatdan o’tkaziladi.
- Tovar belgisi ro’xatdan o’tkazilganligi to’g’risida ma’lumotlar Patent idorasining byulletenida e’lon qilinadi.
- Tovar belgisiga guvohnoma tovar belgisi ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin bir oy davomida Patent idorasi tomonidan beriladi va talabnoma sanadan boshlab o’n yil davomida amal qiladi.
- Tovar belgisiga guvohnomaning amal qilishi muddati huquq egasining guvohnoma amal qilishining so’ngi yili davomida topshirilgan arizasiga ko’ra har gal o’n yilga o’zaytirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |