I.3.kationlarning ammiak-fosfatli analiz metodi bo’yicha klassifikatsiyalash
Guruh
|
Kationlar
|
Guruh reagent
|
Birikmalarning eruvchanligi
|
I
|
Ag+, Pb2+, Hg22+
|
HCl
|
Xloridlar suvda erimaydi
|
II
|
Sn2+, Sn(IV), Sb(III), Sb(V)
|
HNO3
|
Metastibiat va metastanat kislotalar suvda erimaydi.
|
III
|
Ba2+, Sr2+, Ca2, Mg2+, Mn2+, Fe3+, Al3+, Cr3+, Fe3+
|
(NH4)2HPO4,
kons. NH3·H2O
|
Fosfatlar suvda va mo’l ammiak eritmasida erimaydi.
|
IV
|
Cu2+, Cd2+, Hg2+, Co2+, Ni2+, Zn2+
|
(NH4)2HPO4,
kons. NH3· H2O
|
Fosfatlar suvda erimaydi, lekin mo’l ammiak eritmasida eriydi.
|
V
|
Na+, K+, NH4+
|
Mavjud emas
|
Xloridlar, nitratlar va fosfatlar suvda eriydi.
| - Ammiak – fosfatli usul boshqa usullarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega:
- Bu usulda zaharli vodorod sulfid umuman ishlatilmaydi.
- Analiz qilinadigan aralashmada PO43- ion bo’lganda boshqa analiz usullari sistemali analizni olib borishni qiyinlashtiradi. Neytral yoki ishqoriy muhitda kam eriydigan fosfatlarni hosil bo’lishi ammiak-fosfatli usul bilan analizni bajarishga halaqit bermaydi.
- Ammiak-fosfatli usul yuqori aniqligi va tezkorligi bilan farq qiladi.
- Bu usulning uslubiy afzalligi shundaki, talaba amalda har hil xossali birikmalar bilan ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |