Termiz davlat universiteti magistratura bo‘limi
III. BINOLAR VA INSHOOTLAR DAVLAT KADASTRINI YURITISh
Download 1.21 Mb.
|
TaqdimotBino
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. BINOLAR VA INSHOOTLAR DAVLAT KADASTRINI YURITISh
III. BINOLAR VA INSHOOTLAR DAVLAT KADASTRINI YURITISh:
16.Binolar va inshootlarning kadastr yig`majildi malumotlari binolar va inshootlar davlat kadastri malumotlarining asosini tashkil qiladi. Binolar va inshootlar davlat kadastrida malumotlar belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida ularning qurilishi tugallangandan keyin yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda ular bo`yicha bitimlar tuzilgandan keyin hisobga olinadi. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda kadastr daftarida binolar va inshootga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar (ularning paydo bo`lishi, boshqa shaxsga o`tishi, cheklanishi va to`xtatilishi) to`g`risidagi, shuningdek obektni tavsiflovchi boshqa malumotlar qayd еtiladi. Maxfiylik rejimiga еga bo`lgan binolar va inshootlar to`g`risidagi malumotlar maxsus kadastr daftarida qayd еtiladi, ushbu daftarni yuritish xususiyatlari va mazkur obektlarni ro`yxatdan o`tkazish bo`yicha malumotlardan foydalanish shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi. III. BINOLAR VA INSHOOTLAR DAVLAT KADASTRINI YURITISh: 17. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda binolar va inshootlarning huquqiy, xo`jalik va arxitektura, qurilish maqomi to`g`risidagi malumotlar kadastr daftariga ilovaga muvofiq kiritiladi. Binolar va inshootlar joylashgan joy, ularning mulkiy huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar bilan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligi, ushbu huquqlarning paydo bo`lish asoslari va muddatlari, ularning to`xtatilish muddatlari, mulkiy huquqlarni va boshqa ashyoviy huquqlarni cheklash shartlari, ushbu obektlarga uchinchi shaxslarning huquqlari to`g`risidagi malumotlar binolar va inshootlarning huquqiy holati to`g`risidagi malumotlar hisoblanadi. III. BINOLAR VA INSHOOTLAR DAVLAT KADASTRINI YURITISh: Binolar va inshootlarning qiymati, ulardan foydalanish xususiyatlari, ushbu obektlarning ishlab chiqarishdagi maqsadlari, ulardan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi va boshqa malumotlar binolar va inshootlar xo`jalik maqomining asosini tashkil еtadi. Binolar va inshootlarning yer tuzish sxemalariga, shaharlarning bosh rejalariga, aholi yashash punktlarini joylashtirish loyihalariga, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi, binolar parametrlari (qavatlari, umumiy, yashash, ishlab chiqarish maydonlari), еgallab turgan yer uchastkasi, qurilgan sanasi, muhandislik-texnik kommunikatsiyalarning mavjudligi, seysmik chidamliligi to`g`risidagi va boshqa texnik malumotlar binolar va inshootlarning arxitektura- qurilish maqomi hisoblanadi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling