Termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti termiz davlat universiteti


Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari


Download 18.4 Kb.
bet2/3
Sana10.10.2023
Hajmi18.4 Kb.
#1697208
1   2   3
Bog'liq
Termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti-fayllar.org

Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari. Ta’lim jarayonining eng muhim komponentlari - uning tashkiliy shakllari. Oliy maktabda konstruktsiyalash - tcxnologik masalalarni hal qilish uchun ta'limning kuyidagi shakllari eng samaralidir: texnik konstruktsiyalash va modellashtirish bo’yicha amaliy mashg'ulotlar; brigada, individual, zveno shakllari va ularning turlari birlashmalari; har xil yoshdagi talabalardan iborat brigada va xokazolar. Texnik konstruktsiyalash va modellashtirish bo’yicha amaliy mashg'ulotlar, deganda o’quv-mehnat faoliyatining izchil tashkil etilishi tushuniladi.
Bu faoliyat ham jamoa, ham individual ish turlarini o’z ichiga oladi va bu ishlar pedagog tomonidan tashkil qilinib, bunda talabalarning o'quv materiallarini faol, ongli va mustahkam o'zlashtirishi ko’zda tutiladi. Texnik konstruktsiyalash va modellashtirishda bir xil tipdagi qurilmalar, modellar va maketlarni tayyorlash uchun ta'limning frontal shaklidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda pedagog talabalar uchun tegishli murakkablikdagi obyektlami tanlaydi.
U konstruktsiyalash bo’yicha ta'limning frontal shaklidan foydalanishda butun guruhni modellashtirishning faqat bitta obyekt bilan shug’ullanishga tayyorlaydi va bu tadbir uní tayyorlashga sarflanadigan vaqtni, texnik - texnologik hujjatlar hajmini, bir xil tipdagi asbob va moslamalarni, o'xshash mehnat usullarini ko’rsatish va xokazolami ancha kamaytiradi. Talabalar bajarayotgan konstruktorlik-texnologik ishlar o'zining murakkabligi va sermehnatligi bilan jamoa bo’lib ishlashni taqozo qilsa ham, bir-biriga yaqin va xarakteri jihatdan har xil bo’lsa, mashg’ulotni tashkil etishning zveno shaklidan foydaianiladi.
Ko'pincha bunday hollarda murakkabroq bitta obyekt bilan 2-3 nafar va bundan ko’proq talaba shug'ullanadi. Tayyorlanadigan obyektlar o’z mazmuniga ko'ra bir xil va xarakteriga ko’ra har xil bolsa, texnik modellashtirish konstruktsiyalash bo’yicha amaliy mashg’ulotni tashkil etishning individual shaklidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday hollarda deyarli har bir talaba individual topshiriqni bajarishi pedagog uchun muayyan qiyinchiiik tug'diradi. Chunki bunday mashg’ulotlarda ko’pincha ayrim talabalarga yozma instruktsiyalar tayyorlashga va ular ana shu instruktsiyalar bo’yicha yangi mavzu materialini o’rganishlariga to’g’ri keladi. Mashg'ulotni tashkil etishning aralash shaklidan modellashtirishning har xil obyektlarini bajarishda foydalaniladi. Shularga ko’ra maktab o’quv ustaxonalaridagi texnik konstruktsiyalash va modellashtirish mashg'ulotlarining tashkiliy shakllarini dasturdagi o'rganilayotgan mavzuning mazmuniga, obyektlaming xarakteriga, pedagogik va ishlab chiqarish talablariga qarab tanlanadi.
Texnik loyihalash va modellashtirishning metodlari. Bilimlarni to’g’ri idrok etishlari, anglashlari, eslab qolishlari va amalda ijodiy qo’llashlari, zarur ko'nikma va malakalami egallashlari uchun didaktik printsiplar va o’rganiladigan materialning xarakteriga muvofiq mehnat ta’limining eng samarali metodlaridan foydalanishi kerak. Ma'lumki, ta'lim metodining turli klassifikatsiyasi mavjuddir. Mehnat ta’limi, unumli mehnat va talabalaming texnik ijodkorligi amaliyoti uchun eng mahquli o'zaro bog’liq ikkita jarayonpedagogning rahbarlik faoliyati va talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati yaqqol namoyon bo’ladigan - pedagog va talabalar ishining usullari bo’yicha beriladigan metodlar klassifikatsiyasidir.
Bu klassifikatsiya studentlaming mehnatga tayyorlanishi va unumli mehnatida asosiy o’rinni egallaydi. Ijodiy faoliyat metodlarining ana shunday klassifikatsiyasi sifatida quyidagilar qabul qilinishi mumkin:
1. Muammoli ta'lim metodlari - o'quv materialini muammoli bayon etish, izlanish suhbatlari, tadqiqot metodi;
2. Og'zaki metodlar - ijodiy suhbat;
3. Ko’rsatmalilik metodlari - ratsionalizatorlik faoliyatini kuzatish, turli ijodiy ishlarni namoyish qilish;
4. Amaliy ish metodlari - talabalarning mustaqil ijodiy ishlari, texnik adabiyotlar va spravochniklar bilan ishlash;
5. Nazorat qilish metodlari - ijodiy topshiriqlarni tekshirish, texnik masalalarni hal etish va ularni nazorat qilish.
Bunda pedagogning vazifasi har bir amaliy mashg’ulotda texnik ijodkorlikning turli metodlarini uyg’unlashtirib, talabalar o’quv materialini chuqur o'zlashtirishini ta’minlashdan iboratdir. Texnik ijodkorlikning turli metodlari va didaktik usullari o'quv materialining mazmuniga va mashg’ulotda hal qilinadigan didaktik hamda tarbiyaviy vazifalarga qarab har xil yo’sinda qo'shib va o'zaro bog'lab qo’llanadi. O'quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etish bo’yicha asosiy psixologik pedagogik talablarni bajarish bilan birga bunday faoliyatning mazmuniga qo'yilgan maqsadga va o’quvchilarning yoshiga muvofiq metodlarni tanlash ham katta ahamiyatga ega.
Hozir qator samarador metodlar aniqlangan, ularga quyidagilar kiradi: buyumlarni konstruktsiyaiash (modellashtirish), manipulyativ konstruktsiyalash, ma’luraotlari qisqartirilgan texnik xujjatlarni qo'llash, ijodiy masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish, ilgari tayyorlangan konstruktsiyalarni o'zlashtirib, ishlarni qayta bajarish hayoliy eksperiment, texnik vositalar (shu jumladan trenajerlar)dan foydalanib kam-ko’stlarini tuzatish kabilar. Ana shu metodlardan muayyan tartibda foydalanish o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o'stirish ularda texnik sohadagi mehnatga qiziqish uyg'otish imkonini beradi.

Download 18.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling