Термиз давлат Университети Педагогика факулътети Психология таълим йўналиши битирувчиси Нормуродов Ғайратнинг “Тадбиркорлик фаолияти хусуси


II.БОБ. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ATROF-OLAM


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/42
Sana09.01.2022
Hajmi0.99 Mb.
#267384
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini ostirishda tevarak-atrof bilan tanishtirish

II.БОБ. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ATROF-OLAM 

BILAN TANISHTIRISH MASHG‘ULOTLARINING AHAMIYATI 

 

2.1. TEVARAK-ATROF BILAN TANISHTIRISH JARAYONIDA 

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQINI 

O‘STIRISH USULLARI 

 

Tilni  to‘g‘ri  o‘rganish,  uning  grammatik  tuzilishiga  e’tibor  berib  so‘zlashish, 



bolalarda  erkin  muhokama  yuritish,  savollar  berish,  boshqalardan  eshitgan  fikrlari 

yuzasidan  xulosalar  chiqarish  narsa  va  hodisalar  o‘rtasidagi  bog‘lanishning  turli 

ko‘rinishlarini anglab yetishga olib keladi. Bolalar bog‘chasida sog‘lom, tabiiy muhit 

yaratish,  ularning  tug‘ri  muomalaga  kirishishi,  boshqalar  bilan  gaplashish 

ishtiyoqining  ortishiga  turtki  bo‘ladi.  Buning  uchun  bolalar  nutqining  shaklan  va 

mazmunan mantiqiy birligiga erishish muhim bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir: 

— dastlab bola o‘z lug‘at boyligiga ega bo‘lishi; 

— bolalar nutqining grammatik tuzilishini aniq shakllantirishga e’tibor berish; 

— bolalarda tovush madaniyatini tarbiyalash; 



 

 

23 



 

 

 



— dialogik nutq ya’ni so‘zlashuv nutqini rivojlantirish; 

— hikoya qilib berish

— bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish; 

— bolalarni savod o‘rgatishga tayyorlash va boshqalar. 

Bu  talablar  maktabgacha  ta’limning  barcha  bosqichlarida  amalga  oshiriladi. 

Lekin  ularning  har  birida  bolalarning  yosh  xususiyati, shaxsiy  tayyorgarlik  darajasi, 

albatta, hisobga olinadi. 

Bolalarning  tevarak-atrofni  kuzatib  borishi  natijasida  talaffuzi  ham  ijobiy 

tomonga  o‘zgara  boshlaydi;  tovushlarni  to‘g‘ri  talaffuz  qila  boshlaydilar,  jumlalar 

mazmuni kengaya boradi, grammatik tomondan gapni to‘g‘ri tuza boshlaydilar, lug‘at 

boyligi  ham  ortadi. Bolalarning o‘zlari kichik-kichik hikoyalar  tuza boshlaydilar  va 

bu  hikoyalarni  erkin  bayon  qila  oladilar.  Ularda  kattalar  bilan  muloqotga  kirishish, 

o‘z  fikrini  erkin  bayon  etish  kabi  xislatlar  paydo  bo‘la  boshlaydi.  Shunga  ko‘ra 

bolalar  nutqda  tovush  madaniyatini  takomillashtirish,  atrofdagi  narsalar,  predmetlar, 

hodisalar  nomini  ifodalovchi  so‘z  boyligini  kengaytirish,  faollashtirish,  monologik 

nutqning oddiy shakllariga rioya qilish, o‘z fikrini grammatik jihatdan to‘g‘ri va aniq 

ifodalay  olish  ko‘nikmalarini  paydo  qilish  muhim  va  zarur  hisoblanadi.  Bu  talablar 

bolalarda  borliqni,  tevarak-atrofni  idrok  etish,  uni  tushunish,  his  etish,  hikoyalar 

tuzish,  o‘z  fikrini  bayon  qila  olish,  ifodali  o‘qish  faoliyati  jarayonida  tarkib 

toptiriladi.  Ma’lumki,  bog‘lanishli  nutqda  bolalarning  atrofdagilar  bilan  voqea-

hodisalar ta’siri natijasida o‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir yoki 

bir  necha  jumlalarda  o‘z  aksini  topishi  mumkin.  Nutqning  shakllanishida  bolaning 

tevarak-atrof  bilan  munosabati,  muomala  shakli  katta  rol  o‘ynaydi.  Maktabgacha 

katta  yoshdagi  bolalarning  og‘zakinutkda  doyr,  malaka  va  ko‘nikmalari  mavjud 

bulganligini  disobga  olib,  ularda  boglanishli  nutqi  shakllantirishda,  avvalo,  tevarak-

atrofni  kuzatishda  nimalarga  e’tibor  berishimiz  kerakligini  aniklab  olishimiz  zarur. 

Bular, avvalo, ona-Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. 



 

 

24 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling