Термиз давлат Университети Педагогика факулътети Психология таълим йўналиши битирувчиси Нормуродов Ғайратнинг “Тадбиркорлик фаолияти хусуси


Nutqni rivojlantirishga oid tevarak-atrof manbalari


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/42
Sana09.01.2022
Hajmi0.99 Mb.
#267384
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini ostirishda tevarak-atrof bilan tanishtirish

Nutqni rivojlantirishga oid tevarak-atrof manbalari 

1.  Hayvonot va o‘simliklar dunyosi 

2.  Inson mehnatiga oid qurollari va texnika vositalari 

3.  Tevarak-atrofdagi narsa, predmetlar 

4.  O‘yinchoqlar, suratlar va badiiy asarlar 

5.  Xalq ho‘jaligi tarmoqlari (binolar, inshootlar, tarixiy joylar) 

6.  Tevarak-atrofda kechadigan voqea-hodisalar 

Tevarak-atrofni  o‘rganishda  (tarbiyachilar  yoki  ota-onalar  tomonidan)  bolalar 

shunchaki kuzatmasliklari, balki predmetlarni ularning qismlari, elementlarini ko‘rib, 

jarayonlar,  hodisalarni  idrok  eta  borib,  ular  to‘g‘risida  mulohaza  yuritishlari  ham 

lozim.  Bunga  erishish  uchun  tarbiyachi  oldiga  qiyoslash,  taqqoslash,  ajratish, 

umumlashtirish,  taqlid  qilish  va  boshqa  shu  kabi  usullardan  foydalanish  vazifasi 

qo‘yiladi.  Bundan  tashqari,  o‘rganish  jarayonida)  maktabgacha  katta  yoshdagi 

bolalarni mehnatning ular uchun qulay bo‘lgan turlari (ariqchalarni tozalash, daraxtlar 

tagini  yumshatish,  gullarni  parvarish  qilish)ga  jalb  qilish  muhimdir.  Bunday 

yondashuv  shu  bilan  bog‘liqki,  inson  biron  narsani  o‘z  qo‘li  bilan  bajarsa,  uni 

ko‘proq  va  to‘laroq  esda  saqlaydi.  Mazkur  usul  bilan  maktabgacha  katta  yoshdagi 

bolalarning  bog‘lanishli  nutqidagi  kamchiliklar  narsa-predmetlarning  nomlarini 

so‘zma-so‘z va eslash orqali to‘ldiriladi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini 

rivojlantirish ko‘p jihatdan qo‘yidagi narsalarning to‘g‘ri hal etilishiga bog‘liq: 




 

 

21 



 

 

 



—  nutdni  rivojlantirishga  doir  didaktik  materiallar  (tarbiyachi  va  ota-onalarning 

ma’lum  maqsadga  qaratilgan  nutq,  bolalarga  o‘qib  yoki  aytib  beriladigan  ertaklar, 

qo‘shiqlar, hikoyalar); 

—  ta’limning  didaktik  materiallarni  o‘zlashtirish  uchun  foydalaniladigan  metod  va 

usullari; 

—  ta’limni  tashkil  etish  (tevarak-atrof  obyektlarini  saralash,  shunga  bogliq  nutq 

o‘stirishni rejalashtirish); 

—  o‘quv  materialining  mazmuni,  uni  o‘rganishning  ayrim  usullari  hamda  ularga 

tegishli  tamoyillarga  tayanib,  tarbiyachi  nutq  o‘stirish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  barcha 

ishlarni  rejalashtirmog‘i  zarur.  Biz  ayni  muammoga  oid  tadqiqot  ishlari  olib  borish 

jarayonida nutq o‘stirish borasida quyidagi didaktik tamoyillarga tayanib ish ko‘rish 

yaxshi natija beradi degan xulosaga keldik. 

-  nutq organlari hamda qo‘lni o‘rgatish uchun nutq materialini tushunish; 

—  nutq  ahamiyatini  tushunish  hamda  leksik  va  grammatik  ko‘nikmalarni 

rivojlantirish; 

nutq  ifodaliligini  baholash.  Buning  uchun  maktabgacha  yoshdagi  katta  bolalarda 

muayyan  hissiyotni  rivojlantiradigan  didaktik  materiallarni  tanlash  maqsadga 

muvofiqdir; 

—  ona  tiliga  muhabbat  tuyg‘usini  rivojlantirish  tamoyili  (bu  o‘rinda  bolalarga, 

xususan, nutqqa ona tili faktlarini qo‘llash an’anasini  o‘zlashtirish bo‘yicha ta’limni 

tashkil etish nazarda tutiladi); 

— muayyan mavzuga oid yozma nutqqa og‘zaki nutq bilan qiyoslash; 

— nutqning asta-sekin boyib borishi. 

 

 



 

 



 

 

22 



 

 

 




Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling