Termiz davlat universiteti q


Download 234.77 Kb.
Sana13.12.2022
Hajmi234.77 Kb.
#999017
Bog'liq
tashkiliy hujjatlar (2)

Reja:

1.Guvohnoma nima va u kimga beriladi? Uning qanday turlari bor?

2.Yo`riqnoma nima va uning o`ziga xos jihati nimada?

3.Nizom ustav nima va uning qanday ahamiyati bor?

4.Shartnoma nima va uning qanday shartlarini bilasiz?

5.Tashkiliy hujjat nima?

Guvohnoma

Guvohnoma muayyan shaxsning xizmat va boshqa holat va vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.U bajaradigan vazifasiga qarab bir necha turga bo`linadi:

Muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarini ko`rsatadi.Masalan, har bir kishi ishga yoki o`qishga qabul qilinganida unga guvohnoma beriladi.Bu guvohnoma o`z egasining aynan shu yerda ishlashi yoki o`qishini tasdiqlovchi hujjat bo`lish bilan birga unga shu muassasaning turli bo`linmalarida erkin kirib chiqish huquqini beradi. M uayyan shaxsning birob ishga oid vakolatinin ko`rsatadi.bunday guvohnomalar, odatda rahbar tomonidan beriladi.Guvohnomalarning bu turi yonda olib yurishga mo`ljallangan bo`lib,qattiq muqovali daftarcha shaklida tayyorlanadi.

Yo`riqnoma

Qonun yoki boshqa me’yoriy hujjatlarni tushuntirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujat.Muassasa, korxona, tashkilot, yuridik shaxslar va boshqa mansabdor shaxslarning va fuqarolarning tashkiliy, ilmiy-texnikaviy,moliyaviy va boshqa faoliyat tomonlari xususida tartib qoida o`rnatish maqsadida davlat yoki jamoa boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi.

Yo`riqnoma yozish tartibi:

1.Eng yuqorida tasdiqlash ustxati.

2. Hujjatning sarlavhasi, nomi

3.Matn.Yo`riqnoma tuzuvchining lavozimi,ismi, otasining ismi va familyasi,uning imzosi.

4.Yo`riqnom atuzilgan sanasi va tartib raqami,shartli raqami.

Nizom-ustav

  • Tashkilot yoki uning tarkibiy bo`linmalari,kichik yoki qo`shma korxona va shu kabilar tuzilishi, huquqi,vazifalari,burchlari,ishni tashkil qilishlari tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjat.Nizom ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlarga nisbatan ham tuzilishi mumkin.Ko`pincha nizom muassasalar tashkil etilishi yoki tashkil topishi paytida tuziladi va yuqoritashkilotlar farmoyshi bilan tasdiqlanadi.Nizomning zaruriy qismlari:
  • Vazifalari nizom bilan belgilanayotgan muassasa nomi
  • Hujjat turining nomi ( Nizom)
  • Mazmun:muassasa tuzilishining maqsad va asoslari.
  • Muassasa rahbari imzosi
  • Sana va joyi
  • Tasdiqlash ustxati (yuqori qismda o`ng burchakda joylashadi)

Shartnoma

Shartnoma- fuqarolik huquqida ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, burchlarini o`zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi, bitimning turi, sharhidan kelib chiquvchi fuqarolik huquqiy munosabat ham, shuningdek, yozma ravishda tuzilgan shartnoma mazmuni bayon qilingan hujjat ham ’’shartnoma” termini bilan ataladi.

Tashkily hujjatlar

Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmqlari va xodimlari boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayt qilinishi boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Tashkiliy hujjatlarga yuqorida ko`rib o`tgan hujjatlarimiz ya’ni guvohnoma, shartnoma,nizom-ustav yo`riqnomalar kiradi.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 234.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling