Markaziy o’yinchi orqali hujum qilish sistemasi, ayniqsa, (hammadan ko’ra) maqsadga muvofiqdir. Buni (sistemani) qo’llayotgan jamoaning harakatlari, istalgan daqiqada to’pni olish imkoniyatiga ega bo’lish uchun odatda shchitda shchitga orqasi bilan o’zining sheriklariga yuzi bilan turgan markaziy o’yinchining etakchilik roliga (asoslanadi) tayanadi. Markaziy o’yinchi hujum tayo’rgarligining huddi o’zagidek hisoblanadi. Hamma kelgan sheriklari, unga faol kelishilgan harakatlari bilan qullab quvvatlab, qulayroq vaziyatga unga to’pni oshirib berishga harakat qiladilar .Qulay vaziyatda to’pni olgan markaziy o’yinchi:
- uni savatga otishga urinib ko’rishi;
- uni ta’qib qilayotgan himoyachini yakka olishishda aldab o’tishi, shchit oldiga chiqishi va to’pni savatga otishi;
- to’pni sheriklardan birortasiga uzatishi;
- uch ochkoli otish uchun to’pni uzoqga maydon ichida uzatishi mumkin.
Markaziy o’yinchi orqali hujum qilish sistemasining asosiy variantlari – bitta markaziy o’yinchi orqali va ikkita markaziy o’yinchi orqalidir. Hozirgi zamon sport amaliyotida uchta markaziy o’yinchi orqali hujum qilish juda kam qo’llaniladi.
Markaziy o’yinchilarning va ularning sheriklarining shaxsiy imkoniyatlariga shuningdek jamoaning umumiy taktik maqsadlariga qarab musobaqalarda boshlang’ich joylashishning har xil sistemalarini (pozitsiyalarini) qo’llashadi.
To’pni markaziy o’yinchiga uzatgandan keyin shchit tomonga to’g’ri chiziq bo’ylab chiqishdan tashqari, hujum qilayotgan jamoa, pozitsion hujum uchun jamoaning asosiy boshlang’ich joylanishi bilan ikki yoki uch o’yinchilarning ma’lum bo’lgan o‘zaro harakatlarining birin-ketin qo’shilib ketishiga asoslangan, ilgaridan o’rganilgan taktik kombinatsiyalardan foydalanishi kerak.
Kombinatsiyada deyarli har doim jamoaning hamma o’yinchilari qatnashishadi, ba’zi birlari asosiy hujum qiluvchi harakatlarni amalga oshirishadi, boshqalari – ozod qiluvchi yoki chalg’ituvchi, uchinchilari – orqa xavfsizligini ta’minlaydigan harakatlarni amalga oshirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |