Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo’nalishi


I BOB ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN O‘ZGA TABIIY HOLATI


Download 392.38 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi392.38 Kb.
#1577695
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN

I BOB ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN O‘ZGA TABIIY HOLATI

  • I BOB ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN O‘ZGA TABIIY HOLATI
  • 1.1 ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR EKOLOGIK-HUQUQIY HOLATI VA UNING XUSUSIYATLARI
  • Bugungi kunda jamiyat va tabiatning o‘zaro ta’siriga doir muammolar tobora dolzarb bo‘lib bormoqda va hozirgi, shuningdek kelgusi avlodlarning faravonligi, umuman, jahon sivilizatsiyasining taqdiri ekologik muammolarning ijobiy hal etilishiga borgan sari ko‘proq bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
  • Fan-texnika rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida keskin o‘zgarib borayotgan atrof muhit ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda, inson hayotiga, turmush tarziga hamda genetik fondi va irsiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa hozir yer yuzida yashab turganlarninggina emas, balki kelgusi avlodning ham salomatligiga, ayniqsa yer, suv, atmosfera havosi, yer osti boyliklari, hayvonot va o‘simliklar dunyosi, tabiat va tarixiy yodgorliklarning tabiiy holatiga ham salbiy ta’sir qilmoqda.
  • Bu masalaga, O‘zbekiston hukumati mustaqillikka erishgan dastlabki yillardanoq e’tibor berdi va 1993 yil 7 mayda «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida» gi qonunni qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunlarining vazifalari noyob tabiiy majmualarni, tabiat yodgorliklarini, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdan, tabiiy jarayonlarni o‘rganishdan hamda tabiiy muhitni kuzatish va tadqiq etish majmuidan, aholini ekologiya bobida tarbiyalashdan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga molik hududlardan xo‘jalik maqsadida foydalanishni cheklashdan iboratdir.

  • O‘zbekiston Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunlarining vazifalari noyob tabiiy majmualarni, tabiat yodgorliklarini, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdan, tabiiy jarayonlarni o‘rganishdan hamda tabiiy muhitni kuzatish va tadqiq etish majmuidan, aholini ekologiya bobida tarbiyalashdan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga molik hududlardan xo‘jalik maqsadida foydalanishni cheklashdan iboratdir.
  • Shunisi e’tiborliki, «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy xududlar» ning ta’rifi va ularning huquqiy maqomi yuqorida nomi tilga olingan qonunning 3-moddasida ko‘rsatilgan.
  • Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yerlar va suv kengliklari (akvatoriyalar)ning ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik qismlaridir.
  • Tabiatning rang-barangligini saqlab qolish, ekologik muvozanat va biosfera monitoringini saqlab turishga, shuningdek shikast yetgan tabiiy majmualarni tiklashga mo‘ljallangan yagona tizimni tashkil etuvchi O‘zbekiston Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlari xo‘jalik maqsadida foydalanishdan to‘liq yoki qisman, bir umrga yoki vaqtincha olib qo‘yilishi mumkin.

Download 392.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling