Termiz davlat universiteti tabiy fanlar fakultet geografiya ta


Hududning ilmiy-texnik rivojlanish indikatori


Download 104 Kb.
bet5/8
Sana15.06.2023
Hajmi104 Kb.
#1478204
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
HUDUDIY REJALASHTIRISH VA HUDUDIY RIVOJLANISH

Hududning ilmiy-texnik rivojlanish indikatori
Hududlarning mavqe darajasi ularning qo‘llab - quvvatlanishiga bog‘liq. Bu qo‘llab-quvvatlash hududlarda ilmiy-texnik tashkilotlar tashkil etish uchun qaror qabul qilish, shuningdek, turli hududlararo va hududlar ichida hudud ilmiy-texnik rivojlanishining xususiy ko‘rsatkichlari tizimini solishtirish orqali yuz beradi.
Bu tizimga:
hudud ilmiy-texnik sohasining mehnat potensiali;
hududning ilmiy-texnik va ishlab chiqarishi texnik jihozlanishi;
hududning bilim talab qiladigan mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilganlik darajasi, ishlab chiqarish, texnik maqsadlarga mo‘ljallangan mahsulotlar sifati, uning eksport imkoniyati;
hududiy ilmiy-texnik potensial tuzilishi.
Hududning ilmiy-texnik sohasi potensiali ko‘rsatkichlarini quyidagilar aniqlaydi:
takror ishlab chiqarish imkoniyatlari;
ilmiy-tadqiqot bo‘yicha kadrlar potensiali;
aholisining umumiy boshqaruvchilik darjasi;
aholisining umumiy ma’lumot darajasi.
Hududda mehnat takror ishlab chiqarish imkoniyatlari koeffitsentini quyidagicha aniqlash mumkin: Kmti(Tst/Ichm. Bu yerda: Tst ishlab chiqarishda band bo‘lgan talabalar soni. Ichm hududida moddiy va nomoddiy sohalarda band bo‘lganlar.
Koeffitsiyent kattaligi malakali ilmiy kadrlar zahirasi mavjudligini ko‘rsatadi. Agar Kmti ko‘rsatkichi yuqori bo‘lsa, hududiy markazda oliy o‘quv yurtlari tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.
Ilmiy pedagogik kadrlarning rivojlanish koeffitsiyenti professor o‘qituvchilar sonini band bo‘lgan aholi soniga bo‘lish orqali: KRIPT(IRIPT/ICH topiladi. KRIPT kattaligi hududdagi ilmiy-texnik darajasi potensialining asosiy indikatori hisoblanadi.
Ilmiy-tadqiqot mehnat potensiali darajasi quyidagicha topiladi: KMP(IITP/ICH. Bu yerda IITP – ilmiy-tadqiqot institutida band bo‘lganlar soni. Bu koeffitsiyent tarmoq va akademiya, ilmiy izlanish va konstruktorlik tashkilotlari bo‘yicha markazlar tashkil etish imkoniyatlarini baholashga yordam beradi.

Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling