Termiz davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm kafedrasi


AQSHning iqtisodiyotiga umumiy tavsif


Download 270.5 Kb.
bet6/11
Sana26.01.2023
Hajmi270.5 Kb.
#1123780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Amerika Qo`shma Shtatlarining turizm geografiyasi

AQSHning iqtisodiyotiga umumiy tavsif.


AQSH dunyoda sanoat va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi mamlakatdir. Mamlakat elektroenergiya ishlab chiqarish bo'yicha yetakchilik qilsa, neft, tabiiy gaz, ko'mir qazib olish va po'lat ishlab chiqarishda jahon mamlakatlar uchligiga kiradi. Bundan tashqari AQSH dunyoda ximiya sanoatining rivojlanishi darajasi bo'yicha, rangli metallar, avtomobil va samolyotlar, elektronika, elektrotexnika va aerakosmik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish bo'yicha yetakchilik mavqeini saqlab qolmoqda. AKSH dunyoda donli ekinlar ishlab chiqarish bo'yicha ikkinchi, qishloq xo'jaligi xomashyosi eksporti bo'yicha esa dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. Amerika iqtisodiyotining harakterli xususiyati kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada konsentrasiyalashuvidir. Amerikaning yirik korporosiyalari o'z ishlab chiqarish harakteriga ko'ra transmilliy hususiyatga ega. Jahondagi yirik 500 ta transmilliy korporosiyalarining 100 dan ortig'i Amerika korporosiyalari hisoblanadi. Ushbu korporosiyalar ro'yhatida «Cieneral Motors», «Exxon», «Ford Motor», «IBM» kabi korporosiyalar oldingi o'rinlarda turadi. AQShning xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlariga elektrotexnika va elektron sanoati (ayniqsa elektron hisoblash mashinalarining eng so'nggi turlarini ishlab chiqarish), aviakosmik, harbiy, atom va biotexnologiya kabi sanoat tarmoqlari kiradi. AKSH ilmiy va injener xodimlar soni, hamda ilmiy tadqiqot shuningdek tajriba konstruktorlik loyihalariga ajratilayotgan harajatlar bo'yicha ham yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar orasida alohida ajralib turadi. A) Sanoati Energetika-AQSH eng qudratli yoqilqi-energetika sanoatiga ega. Uning asosini ko'mir,neft va tabiiy gaz bilan yaxshi ta'minlangan energiya resurslari tashkil etadi. Ko'mir sanoati-mamlakatning muhim sanoat tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda ko'mirning asosiy qismi Appalachi ko'mir hovzasidan qazib olinadi. Shuningdek ko'mir Markaziy hovzada (Illinoys va Indiana shtatlarida), Vayoming, Kalarado,Nyu-Meksika kabi tog'li shtatlarda qazib olinmoqda. AQShda jami ko'mirning 2/3 qismi ochiq usulda qazib olinadi. Qazib olinayotgan ko'mirning asosiy iste'molchisi issiqlik elektr stansiyalari (IES) hisoblanadi. Hozirgi vaqtda mamlakatda yiliga 1 mlrd ga yaqin ko'mir qazib olinmoqda. AQShda neftga bo'lgan ehtiyoj mamlakat ichki qismidan qazib olinayotgan neft va Kanada, Venesuela va Fors qo'ltig'i mamlakatlaridan import qilinayotgan neft hisobiga qondirilmoqda. AQSH neftning aniqlangan zaxirasi bo'yicha g'arbning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar orasida birinchi va dunyodagi birinchi o'nlik mamlakatlar qatoriga kiradi. Mamlakatning asosiy neft qazib oluvchi shtatlarga Texas, Luiziana, Alyaska, Kaliforniya kabi shtatlar kiradi. Mamlakatlarning tabiiy gazga bo'lgan ehtiyoji Texas, Luiziana, Oklaxoma, Nyu-Meksika, Vayoming shtatlaridan qazib olinayotgan tabiiy gaz va Kanadadan import asosida olib kelinayotgan tabiiy gaz hisobiga qondirilmoqda. AQSH tabiiy gaz qazib olish bo'yicha faqat Rossiyadan keyinda turadi. Neft AQSH yoqilg'i-energetika xo'jaligining asosini tashkil etadi. Dunyoning eng yirik neft monopoliyalariga «Eksson», «Teksako», «Golf oyl» kabi korporasiyalari kiradi. AQSH elektroenergiya ishlab chiqarish bo'yicha ham elektrostansiyalarning yalpi quvvati bo'yicha ham dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. Elektro energiya ishlab chiqarish tarkibida ko'mir,gaz,mazutga tayanib ishlovchi issiqlik elektrstansiyalarining ulushi 70 foizni, 22 foizni GES va AESlarga, muqobil energiya manbalari (geotermal, quyosh va shamol stansiyalariga 1 foiz to'g'ri keladi) AQSH AESlarda ishlaydigan energiya bloklarining soni bo'yicha ham dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. Atom elektrostansiyalar asosan sharqda qurib ishga tushirilgan. Mamlakatda mingdan ortiq GESlar ishlab turibdi.Eng yirik katta elektr stansiyalar Tennesi va Vashington shtatlar qurilgan. Vashington shtatida esa Kolumbiya daryosiga umumiy quvvati 20 mln kvt bo'lgan dunyodagi eng yirik GESlar kaskadi bunyod etilgan.



Download 270.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling